Bilan tanishtirish metodikasining tarbiyaviy imkoniyatlari nimalardan iborat?


Download 16.03 Kb.
Sana04.12.2020
Hajmi16.03 Kb.
#158608
Bog'liq
топширик жавоблари


Topshiriq savollari

1. Tabiat bilan tanishtirish metodikasining tarbiyaviy imkoniyatlari nimalardan iborat?



2. Tabiat bilan tanishtirish metodikasi qaysi fanlar bilan bog’liq?

3. Tabiat bilan tanishtirish metodikasining maqsadi va vazifalarini sanab bering. 4. Tabiat bilan tanishtirishda tarbiyachining qanday o`rni bor?

Топширик жавоблари.

1. Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni ma'naviy yetuk, axloqli, pok insonlar qilib voyaga yetkazishda tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani muhim ahamiyat kasb etadi. Tabiat bilan tanishtirish fani pedagogikaning bir qismidir, chunki tabiat bilan tanishtirish orqali barcha tarbiya turlari amalga oshiriladi. Tabiat bilan bolalarning yosh xususiyat­lari, fiziologik tuzilishlarini hisobga olgan holda tanishtiriladi. Shu bilan birga turli yosh guruhlarda ularning qiziqishlari, qobiliyatlari, ehtiyojlari, xarakter xislatlari, iste'dodlari hisobga olinadi. Bunda bolalarda kuzatuvchanlik, bilimga qiziqish, tafakkur va mantiqiy nutq rivoj­lanadi, so'z boyligi ortadi, yangi tushunchalar hosil bo'ladi.          Bolalarda mehnatni sevish, o'zgalar mehnatini qadrlash, o'simlik va hayvonlarni asrash, ularni parvarish qilish, o'z vata­nini, tabiatni sevish, tabiat go'zalliklarini ko'ra olish kabi hislatlarni o'stirish orqali tarbiyaviy vazifalar hal qilinadi.

2. Biologiya fani tabiat bilan tanishtirish metodikasining asosini tashkil etadi. Chunki biz bolalarni jonli va jonsiz tabiat, tabiat hodisalari, yilning turli fasllari bilan tanishtiramiz.Tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani falsafa, biologiya, pedagogika, psixologiya, fiziologiya va barcha metodikalar bilan bog'liq holda bir-birini to`ldirib, mustahkamlaydi.



3. Fanning vazifalari –maktabgacha ta’limda bolalarni tabiat bilan tanishtirishning nazariy asoslari va tabiat xaqida tushuncha; maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish vazifalari va metod, vositalari; maktabgacha yoshdagi bolalarning tabiat bilan tanishtirish ish shakllari va о‘ziga xosligi; tabiat bilan tanishtirish orqali maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik madaniyatni rivojlantirish; maktabgacha ta’lim muassasalarida tabiat bilan tanishtirish mashg‘ulotlarini rejalashtirish va tashkil qilish; maktabgacha yoshdagi bolalarni jonli va jonsiz tabiat bilan tanishtirish usullari;maktabgacha yoshdagi bolalar bilan tabiat bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida ta’lim-tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish; maktabgacha ta’lim muassasalarida tabiatni kuzatish metodikasi;maktabgacha yoshdagi bolalarda tabiatda oddiy tajribalarni utkazishga urgatishni maktabgacha ta’lim muassasalarida tabiat burchagini tashkil kilish;maktabgacha ta’lim muassasalarida yer maydonchalarida bolalar mehnatini tashkil kilish; maktabgacha ta’lim muassasalarida tabiat bilan tanishtirishmashg‘ulotlarini о‘tkazish va tahlil qilish.

Fanning maqsadi: Bo‘lajak tarbiyachilarni maktabgacha ta’limda bolalarni tabiat bilan tanishtirishning ilmiy, nazariy, metodik asoslari bilan tanishtirish; shu fan bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tkazish haqida bilim berishdan iborat.
4. Tarbiyachi bolalarni tabiat bilan tanishtirish uchun tabiatga old bilimlar bilan tanishib chiqqan va har bir yosh guruh uchun berilishi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma, malakalar haqida to`liq ma'lumotga ega bo`lishi zarur. Tarbiyachi har bir faslda olib boradigan tabiat haqidagi bilimlarini to`g`ri rejalashtirishi, yer maydonchasidagi o`simliklar, tirik burchakdagi xona o`simliklari, akvariumda, terrariumda yashovchilarni parvarish qilish ko`nik­malarini, qafasdagi qushlar va mayda sutemizuvchilar bilan tanishtirishni to`g`ri yo`lga qo'yishi zarur. Tarbiyachi bolalarni yuqoridagilar bilan tanishtirar ekan, ularning dunyoqarashini shakilantirib, jonli va jonsiz tabiatning xususiyatlarini o'rganib, ular haqida dastlabki tushunchalar beradi.
Download 16.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling