Bilasizmi
TABIAT SIRLARI, oq ayiqning junlari oqmi yoki rangsiz ?
Download 0.76 Mb.
|
Bilasizmi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jonzotlarning muhandislik mahorati, HAYVONOT OLAMI SIRLARI
- Uyasini ventilyatsiya bilan taminlovchi mitti jonzot, yoki muhandis hayvon
TABIAT SIRLARI, oq ayiqning junlari oqmi yoki rangsiz ?
Antarktidada yashovchi oq ayiqlar teri junlarining rangi aslida oq emas, balki u ko`zni aldash uchun shunday ko`rinadi. Atrofdagi oppoq qor rangi sababli ko`zga oq bo`lib ko`rinadi. Aslida oq ayiqning jun tolalari shaffof shisha kabi bo`ladi. Yorug`lik nurlari atrofdagi oppoq qorlardan akslanib ayoq junlarini ham oq rangda ko`rsatadi, Demak uning oq ko`rinishiga atrofni qoplagan qor rangi sabab ekan. Jonzotlarning muhandislik mahorati, HAYVONOT OLAMI SIRLARI Tabiatdagi barcha jonzotlar , hayvonlar, hashorotlar, qushlar, baliq va boshqalarni ko`rib yuksak muhandislik san`ati asosida yaratilganiga guvoh bo`lamiz, Hatto jonzotlarning o`zi ham yuksak muhandislik mahoratiga ega. Buni ko`rish uchun ularga oddiy nazar bilan emas balki qalb va aql ko`zi bilan nazar solish kerak. Insonlar ham biror qurilma yasashda ulardan o`rnak olshi va o`rganishi kerak. Tabiat jonzotlari har bir ishning eng optimal va qulay usulini tanlaydi. O`zlari ham shunga mos yaratilgan. Maslalan qushlarning kam energiya sarflab uzoq masofalarga uchishi va ularning aerodinamik harakatlari insonlar uchun samalyot yasashda namuna bo`la oladi. Hozirgi kunda ba`zi ilmiy tadqiqot labaratoriyalarda ana shunday tabiat jonzotlarining xususiyatlari o`rganilib ularning harakatidan na`muna olib texnikada ham qo`llash ustida ish olib borilmoqda. Ba`zi olimlar kichik hasharotlarning (pashsha , asalari va hk) qanot qoqishini o`rganib ularning harakat qonuniyatlari asosida kichik o`lchamli razvedka samalyotlari yaratish ustida tajribalar olib borishmoqda Uyasini ventilyatsiya bilan ta'minlovchi mitti jonzot, yoki muhandis hayvon Yer osti kuchugi deb nomlangan hayvon bor. U kalamushdan biroz kattaroq . Bu hayvon yer ostini juda chuqur qazib uy qiladi. Uning muhandislik qobiliyatini ko`rib hayron bo`lmasdan iloj yo`q. Bu hayvonni chinakam muhandis desak bo`ladi. Gap shundaki, u hech qanday ventilatsiya qurilmasidan foydalanmay o`z uyasida havo almashuvini ta`minlaydi. Qanday qilib? , Bu hayvon har doim yer ostida uya qurganda uyining yer ustiga chiqish teshigini ikkita qiladi Uyasining bir teshigini ikkinchi teshikka nisbatan pastroqdan ochadi ya`ni bitta teshikni pastroqdan chiqaradi va ikkinchisini teparoqdan ochadi, atmosfera bosimi pastroqdagi teshikka ko`proq ta`sir etadi, Balandroqdan ochilgan teshikda esa kamroq bosim bo`ladi, chunki balandlikda bosim kamroq bo`ladi, buni fizikadan o`qigansiz, . Havo oqimi bosim ko`proq bo`lgan teshikdan ya`ni pastroqdagi teshikdan kirib bosim kam bo`lgan balandroqdagi teshikdan chiqib ketadi. Bu hol muntazam davom etib, natijadan yer ostidagi uyada havo almashuvi bo`ladi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling