Bilasizmi


AVTOMOBILNI KIM IXTIRO QILGAN ?


Download 0.76 Mb.
bet14/19
Sana09.06.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1471617
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Bilasizmi

AVTOMOBILNI KIM IXTIRO QILGAN ?
Benzin bilan yuradigan birinchi yengil dvigatel 1885- yilda nemis muhandisi Gotlib Daymler (1834-1900) va Vilgelm Maybax (1846-1929) tomonidan yaratilgan. Bu dvigatel ikki g�ildirakli velosipedni harakatlantirgan edi va buning natijasida birinchi mototsiklni yaratishdi. 1886-yilda Daymler dastlabki to�rt g�ildirakli avtomobilni yaratdi, 1889-yilda Daymler va Maybax to�rt g�ildirakli avtomobilni yaratishdi. Bu avtomobilning hamma joyi ochiq va u juda soda ko�rinishda edi. 1890 yilda esa jamiyatga �Viktoriya� va �Faeton� deb nomlangan yana ikki avtomobil modelini taqdim etdi. Bundan tashqari, Daymler karbyuratorni (yonilg�ini havo bilan aralashtirib silindrga quyish uchun ishlatiladigan mexanizm) ham yasadi. Bu yo�l bilan dvigatelning ishlash unumdorligi oshgan. 1890-yilda Daymler �Daymler motor company� kompaniyasiga asos soladi va bu kompaniya 1926-yilga kelib �Bens� kompaniyasi bilan birlashadi. Shu sababdan �Mercedes Bens�(Mercedes � Daymler qizining ismi)
Karl Bens (1844-1929) benzin bilan ishlovchi, ichki yonuv dvigatelini ixtiro qildi. Bu dvigatelni uch g�ildirakli arava ko�rinishdagi qurilmaga o�rnatdi. Mashina uch g�ildirakli bo�lib, oldingi g�ildirak rul boshqaruviga xizmat qilardi, keyingi ikkalasi yetakchi g�ildiraklar edi. Bens bu avtomobilini 1885- yilda sinovdan o�tkazib ko�rdi va u 14,5km/s tezlik bilan yurgan.
Daymler va Bens o�zaro hamkorlikni davom ettirib, 1896 yilda avtomobil uchun ikki silindrli dvigatelning ishchi modelini yaratdi. 1901- yilda esa ular avtomobilsozlik firmasini tashkil etishdi va bu firma ishlab chiqaradigan avtomobillarning modeliga Daymlerning qizi �Mersedes nomi berishdi. Tarixda, G. Daymler va K. Bens birinchi avtomobil ixtirochilari deb qabul qilingan. Ularning ilk mashinasi 0,75 ot kuchiga ega bo�lib, soatiga 12 km tezlik bilan yura olgan.

Benzning birinchi avtomobili

Daymlerning birinchi mototsikli

Birinchi avtomobil zavodi
XX � asr boshlarida avtomobillar juda qimmat narxda edi. Ularda faqatgina boylar yoki rahbarlar minib sayr qilishgan. AQSh ning Michigan shtatida fermer oilasida tug�ilgan Henri Ford (1863-1947) dastlabki avtomobil zavodini ishga tushurdi. Bunga sabab, u o�yladiki, avtomobillrning narxi pasayishi unga bo�lgan talabni orttiradi.
1903- yilda Henri Ford �Ford motor company� firmasiga asos soldi. Bu birinchi avtomobil zavodi bo�lib, avtomobillarni keng ko�lamda ishlab chiqara boshladi. Bu zavodda avtomobilning qismlarini alohida ishchilar yig�ishgan, ya�ni avtomobil bir ishchidan boshqasiga o�tib ketavergan va shu vaqtda har bir ishchi avtomobil kelganda o�ziga tayinlangan vazifa (masalan g�ildirakni, kapotni o�rnatish)ni bajargan. �Fordning� �T� modelini ommaviy ishlab chiqarish 1908- yilda boshlangan. Bu kompaniya chiqargan �Model T� avtomobilining narxi 825 $ edi. Jami 17 millionga yaqin �Model T� rusumidan ishlab chiqargan edi. Xuddi shu davrdan boshlab tarixda yangi bosqich, avtomobillar davri boshlandi.


Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling