Bilasizmi


Download 0.76 Mb.
bet15/19
Sana09.06.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1471617
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Bilasizmi

HAVO SHARLARI
Uchish haqidagi orzular, insoniyatning qadim zamonlardan beri qiladigan orzusi. Buni yunon afsonalarida ko�rishimiz mumkin. Qadim davrda insonlarning qush kabi uchishi haqida ko�plab afsonalar va hikoyalar yozilgan. Birinchi bo�lib havoga ko�tarilgan kishilar aka-uka Mongolfe: Jozef (1740 -1810) va Jak (1745 -1799) hisoblanadi. Ular issiq havo sovuq havoga nisbatan yengil bo�lishini kashf etdilar. Shunday ekan, havo sharini bunday havo bilan to�ldirsa bo�ladiku? Birinchi bo�lib bu havo sharida sinov uchun xo�roz va o�rdak osmonga ko�tarilib, atigi 8 minut turishdi. Bundan keyin esa 1783-yilning 21 �noyabr kuni ular o�zlari yasagan havo sharida Parij ustida havoga ko�tarildilar.
1875-yilda professor Jak Sharl vodorod bilan to�ldirilgan havo sharini yaratdi. Chunki vodorod gazi issiq havodan ko�ra yengil hisoblanadi. Ikki fransuz �Blonshar va Jefri � unda xuddi shu yili La � Mansh orqali uchib o�tdilar. Havo sharlarini bir qancha kamchiliklari bor edi: ularni boshqarish qiyin edi, bu havo sharlari osmonga shu qadar baland ko�tarilardi-ki, undagi odamning nafas olishi og�irlashar edi. 1852-yilda fransiyalik Anri Jiffar birinchi �havo kemasi�ni yasadi. Uning uzunligi 44 metr bo�lgan. U ham aslida havo shari edi, lekin ixtirochi Anri Jiffar unga urchuqsimon (cho�zinchoq) shakl berdi, uning osma maydonchasiga esa parrakli bug� mashinasini o�rnatdi. Uni �Dirijabl� deb nomladi. Xuddi shu davrdan boshlab havo sharini mustaqil boshqara olinishi ta�minlandi, avvallari esa havo sharlari havo ixtiyorida harakatlanardi. �Dirijabl�- fransuzcha so�z bo�lib, �Boshqariluvchi� degan ma�noni bildiradi. Eng katta dirijabl 1898-yilda nemis ixtirochisi Ferdinand Seppellin (1838-1917) tomonidan yaratilgan. Uning dirijabli transport vazifasini bajargan. Bu dirijabllar Evropa shaharlari bo�ylab muntazam havo safarlariga chiqa boshladi. Biroq dirijabl davri ko�p o�tmay tugadi. bunga sabab, 1937-yildagi eng katta dirijablning osmonda portlashi natijasida 35 kishining halok bo�lishi edi. Bundan tashqari, bahaybat va beso�naqay bu apparat ancha sust harakatlanar, va turgan gapki aeroplanlar bilan raqobatlasha olmas edi.


Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling