Bilasizmi


SAMALYOT QACHON YARATILGAN ?


Download 0.76 Mb.
bet16/19
Sana09.06.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1471617
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Bilasizmi

SAMALYOT QACHON YARATILGAN ?
H avoga ko�tarila oladigan uchish apparati yaratish g�oyasi ko�p asrlar avval tug�ilgan. Qanotlar yordamida uchish rejasini ilk bor Leonardo da Vinchi tuzgan edi. Leonardo da Vinchi qushlarning qanot qoqishini diqqat bilan kuzatib, qushlarning uchishiga asoslangan deltoplanni yasaydi. Biroq bu deltoplan mukammal emas edi. Leonardo da Vinchining shogirdi uning deltoplanida uchishga harakat qildi, ammo balandlikda yiqilib qattiq jarohatlanadi. Yana bir uchish apparatini 1660-yilda Robert Guk qurishga urinib ko�rdi. Biroq, uning apparatida uchish xatarli bo�lgani uchun hech kim uni tekshirishga jur�at etolmadi. 1842- yilda Xenson ismli inglis kishi bug� mashinasi yordamida uchadigan apparat yaratishga urindi, biroq uning apparati ancha og�ir bo�lgani uchun ucha olmadi. 1870-yilga kelib Jorj Keyli samalyot qurishga imkon beruvchi parrakning nazariy hisob-kitobini taklif etdi. Uning fikrlariga asoslab rus dengiz muhandisi A. F. Mojayskiy birinchi tayyora (samalyot)ni yaratib; unda parvoz qildi. Bu voqea 1882- yilning yozida ro�y berdi. To�g�ri, bu parvoz atigi bir necha lahza davom etdi. 1897 yilda nemis konstruktori Adden yaratgan �Avion� deb atalgan uchish aparati bilan ham xuddi shunday hol ro�y berdi.
Oradan olti yil o�tib aka-uka Orvill va Uilbur Raytlar juda yengil bo�lgan dvigatelni yasab uni o�zlari yasagan �flayer-1� samalyotiga o�rnatdi va 1903-yil 17-dekabr kuni osmonga ko�tarildi. O�sha kunning o�zida ular osmonga 4 marta parvoz qilishdi. Uning parragi benzin dvigateli yordamida aylanar edi, Ular 1905-yilda yana bir samalyot- �flayer-3� ni yaratishdi. Bu apparat 12 sekundda 50 metr masofani uchib o�tdi. 1909- yilda esa ular soatiga 60 kilometr tezlik bilan yuradigan samalyotni yaratishdi. Xuddi shu modeldan boshlab Amerika va Evropada samalyotsozlik boshlandi. Yana shu narsa diqqatga sazovor-ki: 1909-yilda AQSh harbiylari aka -uka Raytlarning bu ixtirosini yuqori baholab, shu samalyotni harbiy variantini yasashni buyurtma berishgan.



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling