Bilet – 19 Axborot tushunchasi, axborotning xususiyati axborotning asosiy tavsifi


Download 125.92 Kb.
bet3/13
Sana28.12.2022
Hajmi125.92 Kb.
#1011254
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Bilet – 19 Axborot tushunchasi, axborotning xususiyati axborotni

T armoqlanuvchi algoritmlar.Agar hisoblash jarayoni biror bir berilgan shartning bajarilishiga qarab turli tarmoqlar bo’yicha davom ettirilsa va hisoblash jarayonida har bir tarmoq faqat bir marta bajarilsa, bunday hisoblash jarayonlariga tarmoqlanuvchi algoritmlar deyiladi. Tarmoqlanuvchi algoritmlar uchun ayri strukturasi ishlatiladi. Tarmoqlanuvchi strukturasi berilgan shartning bajarilishiga qarab ko’rsatilgan tarmoqdan faqat bittasining bajarilishini ta’minlaydi.

4. Tarmoq va axborot xavsizligi tushunchasi.
Tarmoq xavfsizligi uzatilayotgan, saqlanayotgan va qayta ishlanayotgan axborotni ishonchli tizimli tarzda ta’minlash maqsadida turli vositalar va usullarni qo’llash, choralarni ko’rish va tadbirlarni amalga oshirish orqali amalga oshiriladi. Tarmoq xavsizligini ta’minlash maqsadida qo’llanilgan vosita xavf-xatarni tezda aniqlashi va unga nisbatan qarshi chora ko’rishi kerak. Tarmoq xavfsizligiga tahdidlarning ko’p turlari bor, biroq ular bir necha toifalarga bo’linadi:

  • axborotni uzatish jarayonida hujum qilish orqali, eshitish va o’zgartirish (Eavesdropping);

  • xizmat ko’rsatishdan voz kechish; (Denial-of-service)

  • portlarni tekshirish (Port scanning).

Axborot xavfsizlig deb, ma‟lumotlarni yo„qotish va o„zgartirishga yo„naltirilgan tabiiy yoki sun‟iy xossali tasodifiy va qasddan ta‟sirlardan har qanday tashuvchilarda axborotning himoyalanganligiga aytiladi. Ilgarigi xavf faqatgina konfidensial (maxfiy) xabarlar va hujjatlarni o„g„irlash yoki nusxa 2 olishdan iborat bo„lsa, hozirgi paytdagi xavf esa kompyuter ma‟lumotlari to„plami, elektron ma‟lumotlar, elektron massivlardan ularning egasidan ruxsat so„ramasdan foydalanishdir. Bulardan tashqari, bu harakatlardan moddiy foyda olishga intilish ham rivojlandi. Axborotning himoyasi deb, boshqarish va ishlab chiqarish faoliyatining axborot xavfsizligini ta‟minlovchi va tashkilot axborot zahiralarining yaxlitliligi, ishonchliligi, foydalanish osonligi va maxfiyligini ta‟minlovchi qat`iy reglamentlangan dinamik texnologik jarayonga aytiladi. Axborotni himoyalashning maqsadlari quyidagilardan iborat: - axborotning kelishuvsiz chiqib ketishi, o„g„irlanishi, yo„qotilishi, o„zgartirilishi, soxtalashtirilishlarning oldini olish; - shaxs, jamiyat, davlat xavfsizliligiga bo„lgan xavf – xatarning oldini olish; - axborotni yo„q qilish, o„zgartirish, soxtalashtirish, nusxa ko„chirish, to„siqlash bo„yicha ruxsat etilmagan harakatlarning oldini olish; - hujjatlashtirilgan axborotning miqdori sifatida huquqiy tartibini ta‟minlovchi, axborot zahirasi va axborot tizimiga har qanday noqonuniy aralashuvlarning oldini olish; - axborot tizimida mavjud bo„lgan shaxsiy ma‟lumotlarning shaxsiy maxfiyligini va konfidensialligini saqlovchi fuqarolarning konstitutsion huquqlarini himoyalash; - davlat sirini, qonunchilikka mos hujjatlashtirilgan axborotning konfidensialligini saqlash; - axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta‟minlovchi vositalarni yaratish, ishlab chiqish va qo„llashda sub`ektlarning huquqlarini ta‟minlash. Axborot xavfsizligining huquqiy ta‟minoti axborotni himoyalash tizimida bajarilishi shart bo„lgan qonun chiqarish aktlar, me‟yoriy-huquqiy hujjatlar, qoidalar yo„riqnomalar, qo„llanmalar majmui. Hozirda axborot xavfsizligining huquqiy ta‟minoti masalasi ham amaliy, ham qonunchilik jihatidan faol o„rganib chiqilmoqda.
Har qanday davlatning axborot resurslari uning iqtisodiy va harbiy salohiyatini belgilovchi omillardan biri hisoblanadi. Ushbu resursdan samarali foydalanish mamlakat xavfsizligi va demokratik axborotlashgan jamiyatning muvaffaqiyatli shakllantirilishini ta’minlaydi. Mamlakatimizda axborotlashtirish sohasiga oid qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinmoqdaki, ulardan asosiy maqsad axborotlarni tezkorlik bilan qabul qilish, qayta ishlash, uzatish va saqlash texnologiyalaridan jamiyatimizning turli jabhalarida, jumladan, huquqni muhofaza qilish organlarining barcha xizmat yo‘nalishlarida keng miqyosda foydalanishni takomillashtirishga qaratilgan. Zamonaviy axborot texnologiyalarining taraqqiyoti ko‘pgina mamlakatlarda sanoat shpionaji, kompyuter jinoyatchiligi, konfidensial ma’lumotlarga ruxsatsiz kirish, o‘zgartirish, yo‘qotish kabi salbiy hodisalar bilan birgalikda kuzatilmoqda. Kompyuter jinoyatchiligi rivojlangan davlatlar iqtisodiyotining haqiqiy kushandasiga aylandi. Masalan, Buyuk Britaniya firma va tashkilotlarining 90 foizi elektron qaroqchilikning ob’ektiga aylangan yoki uning xavfi ostida turibdi. Gollandiyada turli tashkilotlarning 20 foizi kompyuter jinoyatchiligi qurboniga aylangan. Germaniyada kompyuter yordamida yiliga 4 milliard marka, Fransiyada esa 1 milliard frank o‘g‘irlanadi. Mutaxassislar bu turdagi jinoyatlarning yuqori latentlikka egaligini ta’kidlashmoqda, ya’ni 85 foiz holatda kompyuter jinoyatchiligi ochilmay qoladi. Holat yana shu bilan chuqurlashmoqdaki, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning o‘zi ham jinoyatchilarning e’tiboridagi ob’ektga aylanib qolmoqda. Shu sababli, o‘zlariga tegishli axborotni himoya qilish huquqni muhofaza qilish organlarining bugungi kundagi dolzarb vazifasi bo‘lib qolyapti. Axborot xavfsizligini ta’minlash muammosi qonunchilik, tashkiliy va dasturiy-texnik choralar yordamida yechimini topuvchi kompleks xarakterga ega. Shuning uchun axborotni muhofaza qilish har qanday mamlakatda muhim davlat vazifasi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 16 sentyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi huzuridagi "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi va Axborot xavfsizligini ta’minlash markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori bilan yuqorida nomlari keltirilgan markazlar tashkil etildi va faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Axborotni muhofaza qilish axborotni ixtiyoriy ko‘rinishda yo‘qotishda (o‘g‘irlash, buzish, qalbakilashtirish) ko‘riladigan zararning oldini olishni ta’minlashi lozim. Axborotni muhofaza qilish choralari axborot xavfsizligiga oid amaldagi qonun va me’yoriy hujjatlar asosida va axborotdan foydalanuvchilarning manfaatlariga ko‘ra tashkil etilishi zarur. Yuqori darajada axborotni muhofaza qilishni kafolatlash uchun muntazam ravishda murakkab ilmiy-texnik vazifalarni hal etish va himoya vositalarini takomillashtirish talab etiladi. Bugungi kunda axborot xavfsizligini ta’minlaydigan uchta asosiy tamoyil (ma’lumotlar butunligi, axborotning konfidensialligi va foydalanish huquqlariga ega barcha foydalanuvchilar axborotdan foydalana olishlari) bilan bir qatorda ayrim faoliyat sohalari (huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va maxsus tuzilmalar, bank va moliya institutlari, axborot tarmoqlari, davlat boshqaruv tizimlari) ularda ko‘riladigan masalalarning muhimligi va xarakteriga ko‘ra, ularning axborot tizimlari faoliyati ishonchliligiga nisbatan yuqori talablar va xavfsizlik bo‘yicha maxsus choralar ko‘rilishini talab etadi.
Bilet – 23
1. Dasturiy ta’minot tomonidan bajariladigan funksiyalarga bog’lik holda, uni ikki guruhga bo’lish mumkin: tizimli dasturiy ta’minot va amaliy dasturiy ta’minot.
Тizimli dasturiy ta’minot kompyuterda axborotni qayta ishlash jarayonini tashkil etadi va amaliy dasturlar uchun me’yordagi ish muhitini ta’minlaydi.
Amaliy DТ foydalanuvchining aniq vazifalarini hal etish va umuman axborot tizimining hisoblash jarayonini tashkil etish uchun mo’ljallangan.
Тizimli DТ tarkibiga quyidagilar kiradi:
-operatsion tizimlar;
-servis dasturlar;
-dasturlash tillari translyatorlari;
-texnik xizmat dasturlari

Download 125.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling