Bilet – 19 Axborot tushunchasi, axborotning xususiyati axborotning asosiy tavsifi


Download 125.92 Kb.
bet4/13
Sana28.12.2022
Hajmi125.92 Kb.
#1011254
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Bilet – 19 Axborot tushunchasi, axborotning xususiyati axborotni

Operatsion tizimlar.
Operatsion tizimlar (OТ) axborotni qayta ishlash jarayonini boshqarish va apparat vositalari bilan foydalanuvchilar o’rtasidagi o’zaro aloqani ta’minlaydi. OТning vazifalaridan biri axborotning kirish chiqish jarayonini avtomatlashtirish foydalanuvchi hal etadigan amaliy vazifalarni bajarishni boshqarishdir. OТ kerakli axborotni EХM xotirasiga kiritadi va uning bajarilishini kuzatadi; to’g’ri hisoblashlarga halaqit beruvchi vaziyatlarni taxlil etadi qiyinchiliklar paydo bo’lganda nima qilish zarurligi haqida ko’rsatma beradi. Bajariladigan vazifalardan kelib chiqib OТ ni uch guruhga bo’lish mumkin.
-bir vazifali (bir kishi foydalanuvchi);
-ko’p vazifali (ko’p kishi foydalanuvchi);
-tarmoqli.
Bir vazifali OТ bir foydanuvchining aniq bir paytda aniq bir vazifani bajarish uchun mo’ljallangan. Bu operatsion tizimlarning tipik vakili MS DOS dir.
Ko’p vazifali OТ vaqtni multi dastur rejimida tasvirlashda EХMdan jamoa bo’lib foydalanishni taminlaydi. Bunday sinfdagi OТ ning tipik vakillari: IBM korporatsiyasining UNIX, OS 2, Microsoft Windows 95, Microsoft Windows NT va boshqalardir.
Тarmoqli operatsion tizimlar lokal va global tarmoqlarning paydo bo’lishi bilan bog’liq va foydalanuvchining hisoblash tarmoqlari barcha resurslariga kirishini ta’minlash uchun mo’ljallangan. Тarmoqli Otlarning tipik vakillari: Novell NetWare, Microsoft Windows NT, Banyan Vines, IBM LAN, UNIX, Sun firmasi mahsuloti Solfris dir.
Servis dasturiy ta’minoti-foydalanuvchiga kompyuter bilan ishlashda qo’shimcha xizmatlar taqdim etuvchi va operatsion tizimlar imkoniyatlarini oshiruvchi dasturiy mahsulotlar jamg’armasidan iborat.
Biroq, funksional imkoniyatlarga ko’ra , servis vositalarini quyidagi vositalarga bo’lish mumkin:
-foydalanuvchi interfeysini yaxshilovchilar;
-ma’lumotlarni buzilish va qoidasiz kirishlaridan ximoya qiluvchilar;
-ma’lumotni qayta ishlovchilar;
-disk va tezkor xotira qurilmasi o’rtasida ma’lumot almashuvini tezlashtiruvchilar;
-virusga qarshi vositalar.
OТ ning sozlovchisi bo’lgan qobiqlar operatsion qobiqlar deb ataladi. O’tilitalar va avtonom dasturlar tor ixtisoslashgan bo’lib, har biri o’z vazifasini bajaradi. Biroq o’tilitalar avtonom dasturlardan farqli ravishda tegishli qobiqlar muhitida bajaradi. Qobiq foydalanuvchiga sifat jihatdan yangi interfeys taqdim etadi.OТ foydalanuvchi operatsiya va buyruqlarini ikir-chikirigacha bilishdan ozod etadi.
O’tilitalar foydalanuvchiga qo’shimcha xizmatlarni asosan disklar va faylli tizimlar bo’yicha xizmat ko’rsatish ko’rinishida taqdim etadi. O’tilitalar quyidagi vazifalarni bajarishga yo’l qo’yadi:
-disklarga xizmat ko’rsatish;
-fayl va kataloglarga xizmat ko’rsatish (xuddi qobiqlar kabi);
-arxivni yaratish va yangilash;
-turli rejim va formatlarda matnli va boshqa fayllarni bosish;
-kompyuterni virusdan ximoya qilish.
Virusga qarshi ximoyali dasturiy vositalar viruslarni topish va davolashni ta’minlaydi.
Тexnik xizmat ko’rsatish dasturlari deganda kompyuter ishi jarayoni yoki umuman hisoblash tizimida diagnostika va xatolarni topish uchun dasturiy-apparat vositalarining jamlanmasi tushuniladi. Ular quyidagilarni o’z ichiga oladi: -EХM va uning ayrim qismlari ishining to’g’riligi diagnostik va test nazorati vositalari shu jumladan ularning EХMda muayyan lokalizatsiyasi bo’lgan xatolar va shikastlanishlarni avtomatik izlash. Axborot tizim hisoblash muhiti diagnostik va nazorat qilishning maxsus dasturlari.
Muxarrirlar deb matnlar, grafik ma’lumotlar va illyustratsiyalarni yaratish va o’zgartirtishlar uchun mo’ljallangan ADPga aytiladi.
Ular asosan firmada xujjat aylanishini avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan. Muxarirlarni o’z funksional imkoniyatlariga ko’ra matnli, grafik, nashriy tizimlarga bo’lish mumkin.
Matnli (matnli) muxarrirlar matnli axborotni qayta ishlash uchun mo’ljallangan va asosan quyidagi vazifalarni bajaradi:
Matnni faylga yozish, qo’shimcha kiritish, chiqarib tashlash, ramzlar, katorlar, matn parchalarini almashtirish, orfografiyani tekshirish, matnni turli shirftlardva bezash.


Download 125.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling