Билет № 5
. Surunkali gepatit. Etiologiya, patogenez, klinika, klassifikatsiya,
diagnostika, davolash.
Vaziyatli masala
5 yoshli qizcha (1-homiladorlikdan, homiladorlik anemiya va og’ir stress reaktsiyalar bilan kechgan). Muddatida tug’ilgan, tug’ruq 28 soat davom etgan, suvsiz davr 14 soat davom etgan. 9 oygacha ko’krak suti bilan oziqlantirilgan, kam kasallangan. Xayotining 1-kunidan notinch uxlagan. Tekshirilganda xayotining 1-yilida nevropatolog turg’un va uzoq davom etuvchi mushaklar gipertonusini, liqildoq bo’rtishi, kalla ichi bosim oshishini, 2 yil davomida reflekslar asimmetriyasini kayd qilgan. Kunduzgi soatlarda siydik ajralishi tezlashgan (30 martagacha). Oxirgi oy davomida turg’un subfebrilitet, siydik ajratilganda davriy og’riq kuzatilgan. Ob’ektiv ko’rikda qiz ozg’in, duduqlanadi., kaft va panjalar gipergidrozi yaqqol, ko’z osti bir oz shishgan. Siydik tekshiruvida oqsil 0,033 g/l, leyk – 15-20 kuruv maydonida.
Topshiriq:
1. Sizning to’liq tahminiy tashhisingiz?
2. Tekshirish usullari
3. Differentsial tashhis
Билет № 6
. Surunkali pielonefrit. Etiologiya, patogenez, klinika, diagnostika,
asoratlar, davolash.
Masala
Bemor 6 yoshli qizaloq. Anamnezidan 1 hafta oldin ORVI o’tkazgan. 2 marta siydik analizida oqsil 1,033g/l, leyk-16-20. Klinikasiga muvofiq intoksikatsiya belgilari bor. Ko’rikda: ichki organlarda hech qanday patologiya aniqlanmadi,
Topshiriq:
Sizning tahminiy tashxisingiz?
Differensial diagnostikasi?
Diagnozni tasdiqlash uchun yana qanday tekshiruvlar o’tkazish kerak?
Билет № 7
Nefrotik sindrom. Etiologiya, patogenez, klinika, diagnostika,
asoratlar, davolash.
Masala Qizcha 5 yoshda. Anamnezdan ma’lum bo’lishicha, bir hafta oldin O’RI. 2 nazorat siydik analizida aniqlandi: 0.033 g/l, leykotsit 16-20, diurezda oqsash va intoksikatsiya alomatlari yo’q. Obektiv: ichki a’zolarda hech qanday o’zgarishlar aniqlanmadi.
Topshiriq:
Taxminiy tashxis?
Qanday kasalliklar bilan differensial tashxis qilish mumkin?
Dispanserlash va davolashda sizning tavsiyangiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |