bilet bakteriyalar va ko‘k-yashil suv o‘tlarning tuzilishi, ahamiyati va xilmaxilligi haqida ma’lumot bering. Postembrional rivojlanish xillarini va assidiya metamorfozini tushuntiring. Katta yoshdagi odam organizmi tomirlarida litr qon


Download 1.54 Mb.
bet10/45
Sana30.04.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1411827
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45
Bog'liq
9-sinf imtihon javoblari biologiya

3-savolga javob:
Mikroskop - kichik obyektlarni kattalashtirib ko‘rsatuvchi laboratoriya jihozi hisoblanadi. Ko‘rish nayi - tubusning yuqori qismida okulyar, pastki qismida obyektiv joylashgan. Ular kattalashtiruvchi linzalarga ega. Shtativga tubus va buyum stolchasi biriktirilgan. Makrovint yordamida tubusni ko‘tarish yoki tushirish mumkin. Mikrovintni burash orqali o’rganilayotgan obyektning aniq tasviri hosil qilinadi. Buyum stolchasidagi teshik ostida ko‘zgu joylashgan. Ko‘zgu yorug‘likni buyum oynasiga yo‘naltirib aniq tasvir hosil bo‘lishiga yordam beradi. Yorug'lik mikroskopi necha marta kattalashtirib ko‘rsatishini aniqlash uchun okulyar va obyektiv ko‘rsatkichlari ko‘paytiriladi. Masalan: okulyar - 10, obyektiv- 20 bo‘lsa, mikroskop obyektni 10x20=200 marta kattalashtirib ko‘rsatadi.
Mikroskop bilan ishlash tartibi:
1. Stol chetidan 3-4 sm joy qoldirilib mikroskopni joylashtiring.
2. Ko‘zguni yorug‘likka qarating. Okulyardan qaralganda yorug‘lik bir tekis tushishi kerak.
3. Ish jarayonida mikroskopni joyidan qo‘zg‘atmang.
4.Tayyor preparatni buyum stolchasiga joylashtiring va qisqich bilan qotiring.
5. Makrovintni ohista burab, tubusni pastga tushiring. Obyektiv preparatdan 4-5 mm balandlikda bo‘lishi kerak.
6. Okulyarga bitta ko‘z bilan qarang, lekin ikkinchi ko‘zingizni yummang, pirpiratmang.
7. Tubusni makrovint yordamida ohista ko‘taring. Bu jarayonni tasvir hosil bo‘lguncha davom ettiring.
8. Tasvirni yanada tiniqlashtirish uchun mikrovintdan foydalaning.
9. Mikropreparat dastlab kichik obyektivda, keyin katta obyektivda kuzatiladi.
10. Mikroskopda ko‘rilgan tasvirni chizish orqali eslab qolish mumkin.
11. Mikroskopni ishlatib bo‘lgach, artib, uni kichik obyektivga o‘tkazing va qolipga joylashtiring.


7-BILET
1. Biogeotsenoz va biosfera o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushuntiring.
2. Mitoxondriyaning tuzilishi va vazifasi haqida ma’lumot bering.
3. G‘o‘za, pomidor va nomozshomgulning har xil navlaridan tayyorlangan gerbariylar (g‘o‘zaning oq, qo‘ng‘ir, mallarang, novvotrang tolalari, pomidorning noksimon, yumaloq shakldagi va qizil , sariq rangdagi mevalari, namozshomgulning qizil, pushti va oq ranglari)dan foydalanib quyidagi jadvalni to‘ldiring:


Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling