Bilet№1 Hozirgi o‘zbek yozuvi


Download 150.76 Kb.
bet11/83
Sana16.06.2023
Hajmi150.76 Kb.
#1512202
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   83
Bog'liq
OTM imtixon javoblari

1. Kommunikativ vazifa – axborotni uzatish va qabul qilish vazifasi. Bu tilning eng muhim vazifasidir.
2. Ma’rifiy vazifa – insonga bilim berish vositasi bo‘lib xizmat qilish. Mavjudotning mohiyatini, haqiqatini bilish “ma’rifat” deyiladi. Tilningta’limiy ahamiyati oddiy bilim bilan cheklanmay, ma’rifatni, ya’ni bilishning eng oliy martabasini ham o‘z ichiga oladi.
3. Badiiy vazifa. Badiiylik go‘zallikning nutqiy ko‘rinishidir. Borliqda go‘zal­likning ko‘rinishlari juda ko‘p. Butun mavjudotning, xususan insonning tuzi­lishi, yurish-turishida qanchadan qancha yetuklik, jumladan go‘zallik bor.
4. Inson hayotini dasturlash va boshqarish vazifasi. Til olamni tartibga soluvchi va boshqaruvchi kibernetik4 tizimdir. Til olamni tartibga soladi va uni to‘la boshqaradi. U faqat insonni emas, hatto hayotni ham boshqaradi. Inson hayotida yuz beradigan voqealar uning ongidagi fikr va obrazlarga hamda odam ularni qaysi so‘zlar bilan ifodalashiga to‘la muvofiq keladi.
Bilet№ 5

  1. O”, “E”, “U” tovushlarini unli tovushlar tasniflariga ko’ra tavsiflang.

U unlisi quyidagicha tavsiflanadi: (Tilning gorizontal (yotiq) harakatiga ko‘ra , orqa qator unli; Tilning vertikal (tik) harakatiga ko‘ra, yuqori tor unli; Lablarning ishtirokiga ko‘ra, lablangan unli)
1) so‘z boshida (urmoq), so‘z o‘rtasida (tugun) va so‘z oxirida (urg‘u) keladi.
2) til oldi varianti ham uchraydi: kuch, gul;
3) qulf, g‘ulg‘ula, tuxum so‘zlarida esa til orqa varianti qo‘llangan.
4) i tovushi kabi kuchsizlanishi, ya’ni qisqarishi ham mumkin: tuxum, bulbul, tutun kabi.
E unlisi quyidagicha tavsiflanadi: (Tilning gorizontal (yotiq) harakatiga ko‘ra , old qator unli; Tilning vertikal (tik) harakatiga ko‘ra, o‘rta keng unli; Lablarning ishtirokiga ko‘ra, lablanmagan unli)
1) so‘z boshida, so‘zning birinchi bo‘g‘inida keladi: eshik, elak, e’tibor, kel, bet kabi.
O unlisi quyidagicha tavsiflanadi: (Tilning gorizontal (yotiq) harakatiga ko‘ra , orqa qator unli; Tilning vertikal (tik) harakatiga ko‘ra, quyi keng unli; Lablarning ishtirokiga ko‘ra, lablangan unli)
1) so‘z boshida (olim), o‘rtasida (toza) va so‘z oxirida (bobo) keladi.


  1. Download 150.76 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling