Bilet№1 Hozirgi o‘zbek yozuvi
Bilet№ 12 “S”, “X”, “g” tovushlarini undosh tovushlar tasniflariga ko’ra tavsiflang
Download 150.76 Kb.
|
OTM imtixon javoblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Leksik tizimining tuzilishi
Bilet№ 12
“S”, “X”, “g” tovushlarini undosh tovushlar tasniflariga ko’ra tavsiflang X tovushi chuqur til orqa, sirg‘aluvchi, jarangsiz undosh tovush bo‘lib, so‘z boshida (xabar, xurjun, xol), o‘rtasida (paxta, axir) va oxirida (six, mix) qo‘llanadi. G tovushi til orqa, sof portlovchi, jarangli undosh tovush bo‘lib, so‘z boshida (gulxan, gilam, go‘zal), o‘rtasida (tugun, agar, egri) va oxirida (barg, biolog, pedagog) keladi. Bu tovush sof o‘zbekcha so‘zlar oxirida deyarli qo‘llanmaydi. G tovushi bilan boshlanadigan qo‘shimchalar k tovushi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda k tovushiga aylanadi: ko‘k+ga > ko‘kka, boq+gan >boqqan. O‘zlashma so‘zlarda bunday o‘zgarish bo‘lmaydi: geologga, biologga. S tovushi til oldi, sirg‘aluvchi, shoqinli, jarangsiz undosh tovush bo‘lib, so‘zning boshida (soat, semiz, sabr), o‘rtasida ( asar, mustaqil, osma) va oxirida (tus, mos, tovus) kela oladi. Bu tovush o‘zbek tilidagi eng faol qo‘llanadigan tovushlardan biridir. Leksik tizimining tuzilishi Leksikologiya o‘zbek tili kursining lug‘at tarkibi (leksikasi)ni o‘rganadigan bo‘limidir. Tilda mavjud bo‘lgan barcha so‘zlar va iboralar yig‘indisi leksika deyiladi. Bu so‘zlar shu tilning lug‘at boyligini tashkil etadi. Leksikologiya tilning lug‘at tarkibini ikki tomonlama: 1) ichki va 2) tashqi tomondan tekshiradi. Tilning lug‘at tarkibini ichki tomondan o‘rganadigan sohasi semasiologiya deb yuritiladi. Unda so‘z va iboralarning nutqda ma’no ifodalash xususiyati o‘rganiladi. Har qanday so‘z tilda paydo bo‘lishi bilan o‘zining shakli va ma’nosiga ega bo‘ladi, borliqdagi predmet, hodisa, belgi, harakatlarni ifodalaydi. So‘zdagi ma’no turli ta’sir va talablar asosida taraqqiy etib boradi. Demak, semasiologiya so‘z hamda turg‘un iboralarning ma’no xususiyatlarini tekshiradi. Leksikologiyaning yana bir sohasi etimologiya deb yuritiladi. U tilning lug‘at tarkibidagi so‘z va iboralarning tarixan kelib chiqishini, yasama so‘zlarning va boshqa tillardan kirgan so‘zlarning ma’noli qismlarini izohlaydi. Demak, etimologiya so‘zning ikki tomonini ham, ya’ni ichki – ma’no tomonini hamda tashqi – tovush tomonini ham tahlil qiladi. Leksikologiyaning yana bir sohasi leksikografiya7 deb yuritiladi. Leksikografiyaning vazifasi tildagi so‘zlarni yozma ravishda to‘plashdir. Leksikografiya so‘z va iboralarni ma’lum bir sohalar bo‘yicha to‘plab, muayyan tartibda keltiradi (alifbo tartibiga soladi) va lug‘at kitoblari shaklida nashr etadi. Omonimlik Shakli (yozilishi va aytilishi) bir xil, ma’nosi har xil so‘zlar omonimlar deyiladi. Omonim so‘zi grekcha «bir xil» degan ma’noni ifodalaydi. Masalan: ot - hayvon, ot - uloqtirmoq, ot – ism. Omonim so‘zlar turkumiga (yuz – insonning tana a’zosi, ot; yuz - miqdor bildiruvchi son) oid bo‘ladi. Omonimlar 2 turga ajratiladi: 1) lug‘aviy omonimlar; 2) grammatik omonimlar. Lug‘aviy omonimlar: 1) so‘zlar doirasida; 2) iboralar doirasida bo‘ladi. Grammatik omonimlar qo‘shimchalar doirasidagi shakliy tenglikdir. SHakli bir xil, ma’nosi har xil qo‘shimchalarga grammatik omonimlar deyiladi. Masalan: -im qo‘shimchasi bilim – ot yasovchi qo‘shimcha, fe’ldan ot yasaydi. Kitobim – I shaxs, birlik qo‘shimchasi; -ki (tepki) – ot yasovchi qo‘shimcha, -ki (kechki) – sifat yasovchi qo‘shimcha. Download 150.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling