Bilet№1 Hozirgi o‘zbek yozuvi
Bilet№ 26 Antonimlar haqda tushuncha
Download 150.76 Kb.
|
OTM imtixon javoblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- His-hayajonli gaplar.
Bilet№ 26
Antonimlar haqda tushuncha. Antonimiya leksemalar orasidagi zidlik munosabatidir: [katta]-[kichik], [yosh]-[qari], [mitti]-[ulkan], [oq]-[qora] va hokazo. Antonim leksemalarning umumiy, birlashtiruvchi semasi bilan bir qatorda, qarama-qarshi semasi ham bo‘lishi lozim. Antonim leksemalar asosida borliqdagi qarama-qarshi hodisaning in`ikosi bo‘lgan qarama-qarshi tushuncha yotadi. Antonim leksemalar bir turga kiruvchi giponim leksemalar: [issiq]-[sovuq] (harakat), [katta]-[kichik] (hajm), [erkak]-[ayol] (jins) va hokazolar. Antonimlarning mantiqiy asosini ikki tur qarama-qarshilik tashkil etadi: a) kontrar qarama-qarshilik; b) komplementar qarama-qarshilik. Kontrar qarama-qarshilik – darajalanuvchi leksema qatoridagi tafovutning farqlarga, farqning ziddiyat, ya’ni qarama-qarshilikka o‘sib borishi natijasida birinchi a’zo bilan oxirgi a’zoning antonimlashuvi. Komplementar antonimiyada qarama-qarshilik uchinchi, oraliq bo‘g‘insiz bo‘ladi: [rost]-[yolg‘on], [arzon]-[qimmat], [oson]-[qiyin]. Bu leksemalar orasida oraliq uchinchi leksema yo‘q. Antonimlar strukturasiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: har xil o‘zakli antonim: [katta]-[kichik], [kirmoq]-[chiqmoq], [muhabbat]-[nafrat]; bir xil o‘zakli antonim: [madaniyatli]-[madaniyatsiz], [aqlli]- [aqlsiz], [ongli]-[ongsiz]. Fanda antonimlar asosan sifat va ravish turkumiga xos degan hamda har xil o‘zaklilarini tan olishdek tor tushunish ham mavjud. His-hayajonli gaplar. Gaplar emotsionallikka ko‘ra ikki xil bo‘ladi: 1) his-hayajonsiz gaplar, 2) his-hayzjon yoki undov gaplar. Xabar-darak,so‘roq,buyurish ohangsiga ega bo‘lgan gaplar emotsional bo‘lmagan gaplardir. Yuqorida ko‘rib o‘tilgan gaplarning barchasi, ya’ni darak gap, so‘roq gap va buyruq gaplar emotsional bo‘lmagan gaplarni tashkil qiladi. Hishayzjon gaplar, yoki undov gaplar kuchli his-hayajon bilan ifoda qilingan gaplardir. Bunday gaplar maxsus his-hayajon ohangi, ohangi bilan talaffuz etiladi. Darak, so‘roq, buyruq gaplar his-hayajon bilan aytilsa, undov gapga aylanadi. Shunga ko‘ra undov gaplarning darak-undovgap, so‘roq-undov gap, buyruq-undov gap turlari yuzaga keladi. Darak-undov gap: Ishonganimdan senikiga olib keldim-da, o‘rtoq! (O‘.H.) So‘roq-undov gap: Bu gaplardan so‘ng menga ko‘ngillarini ocharmidilar?! (P.Q.). Buyruq-undov gap: Yo‘qolgan pichoqning sopi oltin bo‘lavermasin!- dedi Davlatbekov. (P.Q.). Download 150.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling