Bilet№1 Hozirgi o‘zbek yozuvi
Nutq apparati haqida ma`lumot bering
Download 150.76 Kb.
|
OTM imtixon javoblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Nafas apparati
3. Nutq apparati haqida ma`lumot bering.
Nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etadigan organlar nutq a’zolari deb yuritiladi. Artikulyatsiya deganda esa nutq a’zolarining nutq tovushlarini hosil qilishdagi faoliyati anglashiladi. Nutq a’zolariga quyidagilar kiradi: 1. Nafas apparati: o‘pka, bronxlar (bir juft), nafas yo‘li (traxeya). 2. Bo‘g‘iz bo‘shlig‘ida xalqasimon, piramidasimon, qalqonsimon tog‘aylar hamda un paychalari joylashgan. 3. Og‘iz bo‘shlig‘ida til, tanglay (qattiq va yumshoq), kichik til, lab va tishlar joylashgan . 4. Burun bo‘shlig‘i. 5. Markaziy nerv sistemasi. Nutq a’zolarining jami nutq apparati deyiladi. Endi har bir nutq a’zosining vazifasi xususida to‘xtalib o‘tamiz. 4. Morfologik tamoyil. Bu tamoyilga ko‘ra so‘zlarning tarkibiy qismlari: o‘zak-negiz va qo‘shimchalari og‘zaki nutqda qanday talaffuz qilinishidan qat’i nazar, ya’ni og‘zaki talaffuz shakliga qarab emas, asliga muvofiq yoziladi. Bu tamoyil so‘z o‘zagini, unga qo‘shiladigan qo‘shimchalarni muayyan bir sistema asosida aks ettiradi, tildagi variantlilikka, har xillikka barham beradi. Bu tamoyilga ko‘ra variantlardan biri tanlanib, yozuvda tanlangan variant asos qilib olinadi. O‘zbek orfografiyasining asosiy imlo qoidalari, ya’ni ayrim unli harflar imlosi, ayrim undosh harflar imlosi hamda asos va qo‘shimchalar imlosi shu tamoyilga tayanadi. Morfologik tamoyil o‘zbek orfografiyasining asosiy va yetakchi tamoyili sanaladi va yozuvda bir xillikni ta’minlaydi. Demak, morfologik tamoyilga ko‘ra so‘zning tovush tarkibi og‘zaki nutqda qanday aytilishidan qat’i nazar o‘zining morfologik shaklini o‘zgartirmagan holda yoziladi. Qo‘shimcha mustaqil qo‘llanmaydigan, ammo o‘zakka qo‘shilib uning leksik va grammatik xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan har xil ma'nolarni ifodalashga xizmat qiladigan morfemadir. Qo‘shimchalar tashqi tomonlari, ma'nolari, vazifasi va qo‘llanishi jihatidan bir qancha xususiyatga ega. Qo‘shimchalar tashqi tomondan fonetik strukturasiga ko‘ra bir unli (tinch+i), bir undosh (tila+k, tuga+l), unli va undosh (daftar+im), undosh va unli (xato+si), undosh - unli -undosh (yaxshi+lik) va boshqalarga bo‘linadi. Qo‘shimchalar tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: sodda qo‘shimchalar va qo‘shma qo‘shimchalar. Birgina ma'noli qismdan iborat bo‘lgan qo‘shimcha morfema sodda qo‘shimcha deyiladi: -chi, -zor, -dosh, -ga, -da, -dan, -roq kabi. Birdan ortiq qo‘shimchalarning o‘zaro birikuvidan hosil bo‘lgan qo‘shimcha morfemalar qo‘shma qo‘shimcha deyiladi: -chilik, -garchilik, -garlik, -moqda kabi. Qo‘shma qo‘shimchalarda ergash morfemalar bir-biridan ajralmaydi: kosibchilik, ikki tomonlama, yog‘ingarchilik kabi.O‘zbek tilidagi qo‘shma qo‘shimchalarning o‘ziga xos xususiyatlari A.Berdialiyev tomonidan maxsus tadqiq qilingan.So‘zlardagi kabi qo‘shimchalarda ham ma’nodoshlik, zid ma’nolik, shakldoshlik va koʻpma’nolik hodisalari mavjud. Download 150.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling