5. Leksikaning ijtimoyi- dialektal bo‘linishi.
Birinchidan, so‘z ikki tomonlama birlik bo‘lib, tashqi – moddiy hamda ichki – mazmun tomonlaridan iborat. Shu tufayli so‘zni leksikologiyada mazmun tomonidan, fonetika, morfologiyada ifoda tomondan tekshirishga imkon bor. Tushuncha esa bir tomonlama birlik bo‘lib, u abstraksiya, umumlashtirishdan iborat.
Ikkinchidan, so‘zlar mustaqil, yordamchi va so‘z-gaplarga ajraladi, tushuncha bilan bog‘liqlik esa mustaqil so‘zlarning bir qismiga – olmosh turkumidan boshqa so‘zlarga xosdir.
Yordamchi so‘zlar, olmoshlar
Bilet№ 28
Leksik tizimining tuzilishi.
Leksikologiya o‘zbek tili kursining lug‘at tarkibi (leksikasi)ni o‘rganadigan bo‘limidir.
Tilda mavjud bo‘lgan barcha so‘zlar va iboralar yig‘indisi leksika deyiladi. Bu so‘zlar shu tilning lug‘at boyligini tashkil etadi.
Leksikologiya tilning lug‘at tarkibini ikki tomonlama: 1) ichki va 2) tashqi tomondan tekshiradi. Tilning lug‘at tarkibini ichki tomondan o‘rganadigan sohasi semasiologiya deb yuritiladi. Unda so‘z va iboralarning nutqda ma’no ifodalash xususiyati o‘rganiladi. Har qanday so‘z tilda paydo bo‘lishi bilan o‘zining shakli va ma’nosiga ega bo‘ladi, borliqdagi predmet, hodisa, belgi, harakatlarni ifodalaydi. So‘zdagi ma’no turli ta’sir va talablar asosida taraqqiy etib boradi. Demak, semasiologiya so‘z hamda turg‘un iboralarning ma’no xususiyatlarini tekshiradi.
Leksikologiyaning yana bir sohasi etimologiya deb yuritiladi. U tilning lug‘at tarkibidagi so‘z va iboralarning tarixan kelib chiqishini, yasama so‘zlarning va boshqa tillardan kirgan so‘zlarning ma’noli qismlarini izohlaydi. Demak, etimologiya so‘zning ikki tomonini ham, ya’ni ichki – ma’no tomonini hamda tashqi – tovush tomonini ham tahlil qiladi.
Leksikologiyaning yana bir sohasi leksikografiya17 deb yuritiladi. Leksikografiyaning vazifasi tildagi so‘zlarni yozma ravishda to‘plashdir. Leksikografiya so‘z va iboralarni ma’lum bir sohalar bo‘yicha to‘plab, muayyan tartibda keltiradi (alifbo tartibiga soladi) va lug‘at kitoblari shaklida nashr etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |