Bilet№1 Hozirgi o‘zbek yozuvi


Bilet№ 30 R, S, T undoshlari va ularning undoshlar bo`yicha tasnifini tushuntiring


Download 150.76 Kb.
bet81/83
Sana16.06.2023
Hajmi150.76 Kb.
#1512202
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83
Bog'liq
OTM imtixon javoblari

Bilet№ 30

  1. R, S, T undoshlari va ularning undoshlar bo`yicha tasnifini tushuntiring

R tovushi til oldi, portlovchi-sirg‘aluvchi, titroq, sonor, jarangli undosh tovush bo‘lib, so‘z boshida (randa, rang, ruh), o‘rtasida (arra, mo‘ri, baraka) va oxirida (bozor, hozir, huzur) keladi. Bu tovush sof o‘zbekcha (turkiycha) so‘zlar boshida qo‘llanmaydi.
S tovushi til oldi, sirg‘aluvchi, shoqinli, jarangsiz undosh tovush bo‘lib, so‘zning boshida (soat, semiz, sabr), o‘rtasida ( asar, mustaqil, osma) va oxirida (tus, mos, tovus) kela oladi. Bu tovush o‘zbek tilidagi eng faol qo‘llanadigan tovushlardan biridir.
T tovushi til oldi, portlovchi, jarangsiz undosh tovush bo‘lib, so‘zning boshida (to‘ti, tuxum), o‘rtasi (katta, vatan) va oxirida (savat, qavat, harakat) kela oladi. O‘zbek milliy tilining o‘g‘uz lahjasiga mansub shevalarda t ba’zan d ga o‘tadi: tuz > duz, o‘t > o‘d kabi. Bu o‘tishlar adabiy orfografiyada ifodalanmaydi.
Arab, rus yoki fors-tojik tillaridan o‘zlashtirigan so‘zlardagi qo‘sh undoshlar tarkibidagi t tovushi talaffuzda ko‘pincha tushib qoladi: g‘isht > g‘ish, pastqam > pasqam, taksist > taksis kabi. Bu o‘zgarish yozma nutqda aks etmaydi.

  1. So`zlarning o`z ma`nosi, ko`chma ma`nosi nima?

So‘z nutqda o‘z va ko‘chma ma’noda qo‘llanishi mum-kin. So‘zning nutqdagi ma’nosi uning sememasiga mos kelsa, bu o‘z ma’no deyiladi. Masalan, oltin so‘zining sememasi “sariq rangli qimmatbaho metall”. Quyidagi gapda oltin so‘zi o‘z ma’nosida qo‘llangan: O‘zbekistonda yuqori sifatli oltin qazib olinadi.
So‘zning o‘zi anglatgan tushunchadan boshqa tushunchani obrazli, ta’sirli tarzda ifodalashi so‘zning ko‘chma ma’nosi deyiladi. Quyidagi gapda oltin so‘zi ko‘chma ma’noda qo‘llangan: Yurtimizga oltin kuz kirib keldi. Bu gapda oltin so‘zi “to‘kin-sochin, farovon” degan ma’noni obrazli, ta’sirchan ifodalagan. Gapdagi oltin so‘zini to‘kin-sochin so‘zi bilan almashtirsak, gapdagi obrazlilik yo‘qoladi. Ko‘chma ma’no obrazlilik xususiyatiga ega bo‘lganligi bois badiiy nutqda ko‘p ishlatiladi:
Bahor to‘kib soldi bor bisotini,
Yashil yaproqlarda, gullarda bahor.
Tiniq ko‘k, sof havo, oltin nurlarda,
Kumush suv, mayin yel, dillarda bahor. (Uyg‘un)
She’rdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar ko‘chma ma’noda qo‘llangan.


  1. Download 150.76 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling