Bilim ol kasb- hunar tanla !


Download 13.31 Kb.
Sana09.02.2023
Hajmi13.31 Kb.
#1180920
Bog'liq
Bilim ol kasb


Bilim ol kasb- hunar tanla !
Biz yashayotgan,o'sib-ulg'aygan dunyo ulkan VA murakkab.Bu dunyoda o'z o'rnimizni topish uchun har birimiz ko'p narsalarni bilishimiz,o'rganishimiz VA biror bir hunar yoki kasb tanlashimiz kerak bo'ladi.Buning uchun esa barcha barcha fanlarni puxta o'zlashtirishimiz,tarixiy VA adabiy asarlarni,ularning qahramonlarini chuqur o'rganishimiz,xatti-harakatlaridan o'rnak olishimiz kerak .
Bilim ol ! Bu so'zni har bir inson ham to'g'ri ma'noda tushunaolmaydilar.Ushbu so'z o'z foydasi uchun aytilayotganini tushunib ham yetmaydilar.Kitob o'qi ! Ha,ha bu so'z siz bilan bizga tanish buni biz yoshligimizda ko'p Bora eshitganmiz.Siz Aziz o'quvchilar esa hozir koptok tepayotganinggizda,har xil serial yoki filimlarni tomosha qilayotganganinggizda yoki oyingiz yoki dadangizning telefonlarini titkilayotganinggizda ko'p Bora eshitgansiz.
Dars qil ! Ushbu so'z siz hozirgina aytgan gaplarimni bajarayotganinggizda ko'p Bora eshitiladi.Xuddi mana shu so'zlar siz uchun erish tuyiladi.
Bilim ol ! Kitob o'qi ! Dars qil ! Kasb tanla ! Eh bu so'zlar sizga ,sizning ustozlaringizga,sizning ota-onanggizga siz uchun aytish odatiy tusga aylangan.
Unutmang ! Ushbu so'zlarni sizga aytgan inson sizning do'stingiz,sizning kelajagingizga qarshi bo'lmagan insonlardir.
Buyuk nemis faylasufi Gyote aytganidek: "Bilimning o'zi yetarli emas,uni amalda qo'llay bilish ham kerak;istakning o'zi yetarli emas ,harakatlanish kerak".Ya'ni inson uchun shunchaki bilimga ega bo'lishning o'zi kifoya qilmaydi,bu bilimlarni hayotda qo'llay bilishi ham zarur.
Agar inson har Kuni 1 soat vaqtini biror sohaga oid bilimlar olishga sarflasa ,bir yil o'tib u bu borada jahondagi qolgan 99,999% mutaxassisdan ko'proq bilimga ega bo'ladi.
Demak - Aziz bolajonlar "Umr oqar daryo " degan gapni eshitgansiz.Shuning uchun ham har bir daqiqadan unumli foydalanishga harakat qilasiz degan umiddaman.Vatanimizni bundanda chiroy ochishiga,mustaqilligimizni mustahkamlashga albatta har biringiz o'z hissangizni qo'shasizlar albatta men bunga ishonaman....
Download 13.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling