Bilim o'zgarishlari xalqaro hamkorlik reja
Download 110.33 Kb.
|
BILIM O\'ZGARISHLARI XALQARO HAMKORLIK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Universitet
- Akademiya
Bakalavriat – ixtisosliklar yо‘nalishi bо‘yicha о‘qish muddati tо‘rt yildan kam bо‘lmagan nazariy va amaliy bilim beruvchi tayanch oliy ta’lim.
Magistratura – bakalavriat asosida о‘quv muddati ikki yildan kam bо‘lmagan, muayyan ixtisoslik bо‘yicha oliy ta’lim. Oliy ta’lim universitetlarda, institutlarda va akademiyalarda amalga oshiriladi. Oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash umumiy о‘rta, о‘rta maxsus, о‘rta kasb-hunar о‘quv muassasalarining turidan qat’i nazar, о‘rta ma’lumot manbai asosida amalga oshiriladi. Universitet : - oliy va oliy ta’lim muassasasini tugatgandan keyingi ta’lim-kasb dasturini ta’limning turli sohalari va tayyorlashning yо‘nalishlari bо‘yicha amalga oshiradi; - iqtisodiyot turli sohalarining mutaxassislari, oliy ta’lim muaassasalari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar pedagog xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni amalga oshiradi; - fan turli sohalari bо‘yicha nazariy va amaliy tadqiqotlar olib boradi; - fanlarning tegishli sohalarida ilmiy va metodik markaz hisoblanadi. Akademiya : - fanning muayyan sohalari va tayyorlov yо‘nalishlari bо‘yicha oliy va oliy ta’lim muassasasini tugatgandan keyingi ta’lim-kasb dasturini amalga oshiradi; - bilimning muayyan sohalari va tayyorlov yо‘nalishlari bо‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshiradi; - fan, texnika yoki san’atning biror sohasida nazariy va amaliy tadqiqotlar olib boradi; - о‘z faoliyatini sohasida yetakchi ilmiy va metodik markaz hisoblanadi. Institut: - oliy va oliy ta’lim muassasasini tugatgandan keyingi ta’lim-kasb dasturini, qoidaga kо‘ra bilimning bir sohasidagi tayyorlov yо‘nalishi bо‘yicha amalga oshiradi; - iqtisodiyotning muayyan sohalari uchun mutaxassislarni qayta tayyorlaydi va malakasini oshiradi; - amaliy ilmiy tadqiqotlar va tajriba konstruktorlik ishlari olib boradi. Fuqarorlar ikkinchi oliy ma’lumotni bitim asosida olish huquqiga egadir. О‘zbekistonda 60 ta oliy о‘quv yurti bor. Jumladan, 16 universitet, 7 tibbiyot, 6 pedagogika, 4 qishloq xо‘jaligi, 3 madaniyat, 1 temiryо‘l, 1 aloqa va b. Download 110.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling