Bilim o'zgarishlari xalqaro hamkorlik reja
Interpolning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat
Download 110.33 Kb.
|
BILIM O\'ZGARISHLARI XALQARO HAMKORLIK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalqaro miqyosdagi jinoyatlar toifasi sifatida esa quyidagilarni ko‘rsatish mumkin
Interpolning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
Inson huquqlarining umumjahon deklaratsiyasi talablari va amaldagi qonunlar asosida kriminal politsiyaning barcha organlari (muassasalar)ning hamkorligini ta’minlash; jinoyatlarning oldini olishda samarali hamkorlik qila oladigan institut- larni tuzish va ularning faoliyatlarini takomillashtirib borish. Shuningdek, Interpolning Nizomida bu hamjamiyatga a’zo davlatlarning siyosiy, harbiy, diniy va irqiy masalalarga aralashmasligi talab etiladi. Ta’kidlash joizki, Interpol nafaqat kriminal politsiya tashkiloti bo‘lib hisoblanadi. Uning xizmatiga huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar ham murojaat etadilar. To‘g‘ri, kriminal politsiya orqali organlar tizimi emas, faqat faoliyat tushuniladi. Interpolni jinoyatchilikka qarshi kurash vositasi sifatida ko‘rib chiqish asosida, uning amaliy tarzdagi ta’sir etuvchi obyektlari sifatida xalqaro miqyosdagi jinoyatchilik va jinoyatchi shaxslarni ko‘rish mumkin. Xalqaro miqyosdagi jinoyatlar toifasi sifatida esa quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: ayrim jinoyat bilan bog‘liq holatlarning turli davlatlarning hududlarida sodir etilishi; uning oqibatlari jinoyat sodir etilgan mamlakatda emas, boshqa mam- lakatlarda yuzaga kelishi; bittadan oshiq bo‘lgan davlatlarning ichki ishlariga xavf solishi. Xalqaro miqyosdagi jinoyatchilar deyilganda esa, jinoyat sodir etgani uchun boshqa davlat hududida yashiringan, xalqaro jinoiy guruhlarning a’zolari, bir necha davlatlar manfaatlariga zid keluvchi jinoyatlarni sodir etgan va tashkil etgan jinoyatchilar tushuniladi. Interpolning eng yuqori organi bo‘lib, Bosh Assambleya hisoblanadi va uning tarkibiga barcha a’zo davlatlarning vakillari kiradi. Bosh Assambleya tashkiliy va moliyaviy masalalardan tashqari, Interpol faoliyatidagi eng birlamchi faoliyat yo‘nalishlarini belgilaydi. Interpolning ishlarini tashkil etishda esa uning ijroiya qo‘mitasi asosiy o‘rin tutadi hamda uning tarkibiga Interpol prezidenti, uning uch nafar muovini va to‘qqiz nafar - turli mintaqa politsiya organlari vakillaridan tashkil topgan delegatlar kiradi. Interpolning kundalik ishlarini uning quyidagi tarkibdagi Bosh kotibiyati amalga oshiradi: politsiya bo‘limi (xalqaro aloqalarni tashkil etish); axborot-tadqiqot bo‘limi (huquqiy manbalar, ma’lumotlarni berish, jurnal chop etish, axborotnomalar chiqarish, kutubxona); ma’muriy bo‘lim (kadrlar, moliya, ichki xavfsizlik, moddiy-texnika ta’minoti); texnik ta’minot bo‘limi (telekommunikatsiya, ma’lumotlarning avtomat qurilmalari). Interpolning tashkiliy tizimi uning milliy-markaziy byurolarini o‘z ichiga oladi va bu byurolar (MMB) Interpol a’zolarining politsiyasi tarkibiga kiradi. Download 110.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling