Bilim sohasi: 100000 Gumanitar soha Ta’lim sohasi: 110000 Pedagogika Ta’lim yo‘nalishi
Download 3.86 Mb.
|
portal.guldu.uz-Falsafadan ma`ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanining maqsadi va vazifalari.
Fanning qisqa mazmuni (summary). “Falsafa” fani barcha zamonlarda va mamlakatlarda hamma universitetlar va boshqa oliy o‘quv yurtlarida o‘rganish uchun majburiy sanalgan fundamental fanlardan biri bo‘lgan va shunday bo‘lib qolmoqda.
Mazkur fanni mohiyatini o‘rganishimiz jarayonida, uning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashimiz va falsafa inson o‘z-o‘zini va o‘zini qurshagan dunyoni anglab yetishida qanday rol o‘ynashini tushuna boshlaymiz. Zero, birinchi Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek: “O‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi”.1 “Bir so‘z bilan aytganda, yoshlarimizni falsafiy tafakkur bilan qurollantirish” - davr talabi. Nega deganda, bugungi zamonda har qanday raqib va muxolif bilan bahsga kirishish uchun uning qarashlari va g‘oyasi, falsafasini ko‘proq bilishimiz, kerak bo‘lsa, uning o‘zidan ham puxtaroq egallashimiz lozim”2. Fanining maqsadi va vazifalari. Fanni o’qitishdan maqsad - talabalarni zamonaviy fan yutuqlariga asoslangan falsafiy bilimlar bilan qurollantirish hamda o’z-o’zini anglash va to’g’ri fikrlash ko’nikma va malakasini shakllantirishdan iborat. Fanning vazifasi: falsafiy bilimlar, qonunlar va kategoriyalarni o’rganish orqali tizimli, kreativ fikrlash, hayotda o’z o’rnini topish; jamiyat hayotidagi ijtimoiy jarayonlarga falsafiy tafakkur nuqtai nazaridan yondashish, voqealarga shaxsiy, ijodiy tanqidiy baho berish; o’z-o’zini ma’naviy axloqiy, diniy tarbiyalash; jamiyatni demokratlashtirish va modernizatsiyalash jarayonida faol ishtirok etish hissini tarbiyalash. Fanning vazifasiga talabalarni yuqorida ko‘rsatilgan ijtimoiy-falsafiy faoliyat bo‘yicha amaliy ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. Ta’lim natijalari (Learning Outcomes)
Download 3.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling