Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


Spinoza Benedikt ( Baruh ) (1632–1677)


Download 1.38 Mb.
bet35/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

Spinoza Benedikt ( Baruh ) (1632–1677), niderlandiyalik filosof. Spinoza Xudo va tabiatni birligi haqidagi tezisni ilgari surib, ularni yaxlit, mangu va intixosiz, o‘z-o‘zining sababi bo‘lgan, boshqa har qanday sababni inkor qiladigan substantsiya deb tushungan. Bu substantsiya yaralmaydi va yo‘q bo‘lmaydi.
Spinozaning fikricha, substantsiyaning sifat harakteristikasi uning ajralmas xususiyati bo‘lgan atribut tushunchasi hisoblanadi. Atributlar soni cheksiz, lekin inson aqli ulardan faqat ikkitasini, tortilish va tafakkurni anglashi mumkin xolos.
Inson muammosini tadqiq qilib, Spinoza shunday xulosaga keladiki, inson yaxlit vujudiy-ruhiy mavjudotdir. Shunga qaramay, insonning yaxlitligi shunchaki uning vujudiy va ruhiy mohiyatini birlashtiribgina qolmay, atrof olamni bilish uchun zarur asos bo‘lib ham xizmat qiladi.
Spinoza atrof olamni bilishning uch darajasini ajratgan: 1) nuqtai nazar (hissiy bilish) buyumlarning obrazini aks ettiradi – bu bilimlar aniq va adekvat emas (masalan: ta’m, rang, xid va x.k.); 2) aql (namoyishkorona bilish), tushunchalar shakllanishi bilan bog‘liq, substantsiyaning xususiyatlarini namoyish qilish bilan cheklanadi; 3) intuitsiya (intuitiv bilish) substantsiya yoki buyumning mohiyatini aks ettiradi. Spinoza aynan intuitiv bilim ishonchli va adekvat bilim sifatida odamga o‘z-o‘zini anglash imkonini beradi, deb hisoblagan.
Spinoza iroda odamga o‘z g‘oyalarini amalga oshirishga imkon beradigan oliy affekt, deb hisoblab, iroda bilan aqlni bir-biriga tenglashtirgan.
Spinoza odam, har qanday boshqa mavjudot singari, o‘zini, o‘z mohiyatini saqlashga intiladi, deb hisoblagan. O‘z-o‘zini saqlashga intilish, mayl, shodlik va qayg‘u kabi eng muhim affektlar tufayli amalga oshadigan faoliyatga qobillikka asoslanadi. Odam ehtiroslarga to‘la mavjudot, lekin u qachonki o‘z emotsiyalarini boshqara olgandagina erkin bo‘ladi. Spinoza kuchli emotsiya (affekt) ustidan g‘alaba qilishning ikkita samarali usuli bor, deb hisoblagan: birinchidan, emotsiya (affekt)ni boshqa, kuchliroq emotsiya (affekt) bilan bostirish yo‘li bilan va ikkinchidan, jarayonda affekt o‘z kuchini yo‘qotadigan bilish yordamida.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling