Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi
Download 1.38 Mb.
|
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gartli Devid (1705 – 1757)
Angliya assotsianizmi
XVIII asrda psixologik fikrlar taraqqiyotini tushuntirishda Angliyada assotsionizmning gurkirab rivojlanishini qayd etish zarur. Ingliz assotsionizmining ko‘zga ko‘ringan namoyondalari D. Berkli, D. Gartli va D. Yumlar bo‘lishgan. Berkli Djordj (1685 – 1753), episkop, filosof, matematik va fiziolog. Berkli fazo va materiyaning umumiy g‘oyalarini alohida buyumlarning xususiy belgilaridan mustaqil shakllantirib bo‘lmaydi, odamda esa materiyani hissiy idrok qilish mavjud emas. 1709 yilda Djordj Berkli “Yangi ko‘rish nazariyasi tajribasi” nomli kitobini nashr qildi. Bu kitobda u fazoni ko‘rish idroki nazariyasining asosiy qoidalarini bayon qildi. Djordj Berklining fikricha, sub’ekt idrok qilinayotgan predmetlarning fazoviy belgilarini ko‘z muskullarining zo‘riqishidan paydo bo‘ladigan muskul sezgilari orqali oladi. Ya’ni odamga xuddi u fazodagi predmetlarni uch o‘lchamda ko‘rayotgandek tuyuladi (Berkliga ko‘zning to‘r pardasida buyumning ikki o‘lchamli obrazi shakllanish ma’lum bo‘lgan). Berkli odamning ko‘zi predmetlarning fazoviy harakteristikasini (katta kichikligi, uzoq yaqinligi va x.z.) idrok qila olmaydi, deb hisoblagan. Berkli fazoni ko‘rish idroki nazariyasiga bevosita tuyish va ko‘rish analizatori amalga oshiradigan harakat sezgisini anglatadigan “tuyish” tushunchasini kiritdi. Tuyish ko‘rish bilan assotsiativ aloqaga kirishadi, natijada sub’ekt tomonidan fazoni ko‘rish idroki sodir bo‘ladi. Tuyish bilan ko‘rish o‘rtasidagi assotsiativ aloqaning paydo bo‘lishi sababi tez-tez takrorlanish hisoblanadi. Aynan shuning uchun tuyilayotgan sifatlar (masofa, xajm va shakl) ko‘rib idrok qilina boshlanadi. Gartli Devid (1705 – 1757), ingliz assotsianizmining taniqli vakili, filosof va vrach. 1749 yili Devid Gartli “Odam, uning tuzilishi, majburiyatlari va umidlari haqida” nomli kitobini nashr qildi. Bu kitobida u insonning psixik hayoti vibratsiya qonuniga bo‘ysunadi, unga ko‘ra tashqi olam “tebranishlari” orqa miya va bosh miya nervlarida vibratsiya xosil qiladi, ular esa o‘z navbatida miyaning oq moddalarini tebrantiradi, degan tezisni ilgari surdi. Miyaning oq moddasidagi vibratsiyalar saqlanib qoladi va kelajakda odamning xulqiga ta’sir qiladi, miyadagi vibratsiyalar muskullarga uzatilib harakat faolligini ta’minlaydi. Devid Gartli odamning ruhiy hayoti absolyut moddiy fiziologik jarayonlardan iborat assotsiatsiyalarning asosida yotadigan vibratsiyalarning o‘zaro harakati bilan determinlashgan, deb hisoblagan. D. Gartlining fikricha psixik hayotning uchta asosiy elementi mavjud: 1) sensatsiyalar (sezgilar), 2) ideatsiyalar (sezgilar g‘oyalari), 3) affektsiyalar (sodda affektiv tus) – qoniqish va qoniqmaslik. Ushbu asosiy elementlar assotsiatsiya mexanizmi asosida bir-biri bilan o‘zaro harakat qilib butun psixik hayotning asosini tashkil qiladi. Assotsiatsiyalar mexanizmi affektlar (ehtiroslar), tushunchalar, esdaliklar, tasavvurlar, harakatlar va x.z. larning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Devid Gartli eng muhim inson taraqqiyotini harakatga keltiruvchi kuchlar lazzatlanish va azoblanish, deb hisoblagan. Affektlar (ehtiroslar) insonning tug‘ma harakteristikasi emas. Affektlar (ehtiroslar) tarbiya natijasi bo‘lib, buyum haqidagi tasavvur va affektsiya o‘rtasidagi assotsiativ mexanizm tufayli sodir bo‘ladi. Bolada ijobiy harakatlarni shakllantirish uchun assotsiatsiya qonuni bo‘yicha unda yaxshi ehtiroslarni shakllantirish kerak. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling