Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


Download 1.38 Mb.
bet40/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

Veber Ernst Genrix (1795 – 1878), nemis fiziologi, anatomiya va fiziologiya professori. Ernst Veber maxsus asbob – Veber tsirkulini kashf qilgan, uning yordamida terining turli uchastkalarida teri sezgirligi darajasini baholash mumkin bo‘lgan. Olingan ma’lumotlar tashqi qo‘zg‘ovchilar ta’siri intensivligi bilan javob reaktsiyasi (sezgi) o‘rtasidagi aloqa mavjudligi haqidagi qonuniyatni tasvirlash imkonini bergan. Veber tsirkuli teri sezgirligining fazoviy me’yorini tadqiq qilishga imkon berib, odam terisida maksimal va minimal sezgirlik uchastkalari mavjudligini aniqlashga yordam bergan.
Ernst Veber birinchi marta harorat adaptatsiyasini eksperimental o‘rgandi. O‘z eksperimental ishlari natijalariga tayanib, Ernst Veber hamma sezgilarni: 1) bosim sezgilari 2) harorat sezgilari va 3) lokalizatsiya sezgilariga bo‘lishni taklif qildi.
Darvin Charlz Robert (1809 – 1882), ingliz tabiatshunosi, evolyutsion nazariyaning asoschisi.
O‘zining “Bigl” kemasidagi dunyo aylana sayohati davomida Charlz Darvin 1839 yili nashr qilingan “Izlanish kundaliklari” deb nomlangan kitobida bayon qilingan ko‘plab kuzatishlarni amalga oshirdi. 1859 yili ko‘p yillik ilmiy izlanishlardan so‘ng u o‘zining “Tabiiy tanlanish yo‘li bilan turlarning kelib chiqishi” nomli fundamental asarini nashr qildi. Bu kitobida u evolyutsion jarayonga sabab bo‘ladigan asosiy omillar sifatida: tanlanish, nasliylik va o‘zgarishni taklif qildi. Charlz Darvin nazariyasi ilmiy jamoada uzoq munozaralarga sabab bo‘ldi, chunki bu nazariya dunyoning yaralishi haqidagi an’anaviy diniy kontseptsiyaga zid edi. Shunga qaramay reaktsion fan vakillari odamlar ongida to‘ntarish yasagan nazariyaning tarqalishiga to‘sqinlik qila olmadilar.
Gelmgolts German (1821 – 1894), nemis fiziologi, vrach va tabiatshunos.
1850 yili German Gelmgolts o‘zi kashf qilgan kinograf asbobi yordamida nerv tolasida fiziologik jarayonlarni kechish tezligini aniqladi (33,9 mG‘sek). German Gelmgolts eksperimental tadqiqotlar natijalarini baholashga matematik qayta ishlash metodlarini faol tadbiq qildi.
Xalaqit beruvchi omillar sharoitida ko‘rish idrokini o‘rganib, German Gelmgolts shunday xulosaga keldiki, ko‘rish idroki predmetli va u odamning hayot tajribasi natijasi emas. Bu fikrni u 1867 yili nashr qilingan “Fiziologik optika” fundamental monografiyasida bayon qildi. Eksperimentning mohiyati quyidagicha: tekshiriluvchi uchun optik linzalar ko‘rinishida idrokka xalaqit beruvchi sun’iy omillar yaratiladi. Eksperiment davomida German Gelmgolts tomonidan qo‘l va ko‘z harakatlari yordamida kuzatilayotgan predmetning shakl va xajmini tekshirib ko‘rish tekshiriluvchiga ob’ektni “to‘g‘ri” idrok qilishga imkon berishi aniqlandi. Natijada ko‘rish idroki tug‘ma g‘oyalarni amalga oshirish natijasi emasligi haqida xulosa chiqarildi.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling