Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


Download 1.38 Mb.
bet32/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

Bekon Rodjer (1214–1292) faylasuf va tabiatshunos, tabiat va insonni tajribaviy o‘rganish va diniy chayqovchilikdan voz kechishga chaqiruvchi “Bilim - kuchdir” tezisining muallifi. Foma Akvinskiyga zid ravishda Rodjer Bekon teologiyaga emas, matematikaga va tajribaga tayangan tabiiy fanlarga katta ahamiyat bergan. Rodjer Bekon tajribaning ikkita turini ajratadi: 1) ilmiy eksperiment sifatidagi tajriba va 2) ichki “yorishish, tuyish” shaklidagi tajriba.
Rodjer Bekon ko‘rishni bilimning asosiy manbai deb hisoblagan va ko‘rish analizatorining ishini o‘rganish bilan faol shug‘ullangan. Uning fikricha, ko‘rish sezgisi ko‘rish organida yorug‘likning sinishi va aks etishi natijasidir.
Okkam Uilyam (1300 –1349), filosof, Oksford universitetining professori, din dogmatlari aqlga asoslanishi mumkin emas, deb hisoblaydigan “ikkilangan haqiqat” ta’limotining tarafdori. Uilyam Okkam tomonidan fan tarixiga “Okkam lezviyasi” nomi bilan kirgan qoida taklif qilingan, unga ko‘ra oz narsa bilan bajarish mumkin bo‘lgan ishni ko‘p narsa bilan bajarish mantiqsizlikdir: “mohiyatni zaruratsiz ko‘paytirish shart emas, yoki vaziyatni bexuda murakkablashtirish kerak emas”. Bu tamoyil fanda o‘ziga xos “tejamkorlik qonuni” bo‘lib qolib, “ruh tushunchasiga” murojaat qilish ehtiyojini yo‘qotib psixik xodisalarni tushuntirishga ham tadbiq qilindi.
Uilyam Okkam sezgi, idrok belgilar sistemasini tashkil qiladi, ular yordamida odam tashqi olamdagi predmet va xodisalarni harakterlashi mumkin, deb hisoblab, belgilar kategoriyasini samarali tadqiq qildi.
Tarixda feodal madaniyatdan burjua madaniyatiga o‘tish davri “Uyg‘onish” yoki “Renessans” nomini oldi. Bu davr antik davr qadriyatlarining qayta uyg‘onishi, fan va madaniyatni rivojlanishi bilan harakterlanadi. Aynan Uyg‘onish davrida, 1590 yilda nemis olimi Gokleniusning “Psixologiya” nomli kitobi nashr qilinishi bilan psixologiya atamasi paydo bo‘ldi. Uyg‘onish davrida psixologik bilimlar taraqqiyoti sxolastika (grekcha σχολαστικός — olim, Scholia — “maktab” – katolik ta’limot va Aristotel falsafasining uyg‘unlashgan shakli, hayotdan uzilgan, tajriba bilan sinab bo‘lmaydigan bilim) hamda teologiya bilan kurash sharoitida kechdi. Psixologik muammolar bilan shug‘ullangan Uyg‘onish davrining taniqli fan namoyondalari Leonardo da Vinchi, Petro Pomponatstsi, Bernardino Telezio, Xuan Luis Vives, Xuan Uarte, Frensis Bekonlar hisoblanadi.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling