Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


Grek falsafiy - psixologik fikri o‘zining eng jozibali rivojidan birini shu davrniing va keyingi asrlarning ham eng mashhur faylasuflaridan biri Sokrat


Download 1.38 Mb.
bet11/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

Grek falsafiy - psixologik fikri o‘zining eng jozibali rivojidan birini shu davrniing va keyingi asrlarning ham eng mashhur faylasuflaridan biri Sokrat falsafasidan topdi. Sokrat o‘z ta’limotini targ‘ib qilishda eng qulay usulni tanladi. U hamma erda, ko‘chada, bozorda odamlar savoliga javob berishi, ba’zan soatlab bir joyda mushohadaga berilib turib qolishi mumkin edi. Uni xalq orasida "O‘ylayotgan faylasuf" deb atashardi. Uning dialektikasi - suhbat orqali haqiqatni topish uslubi maxsus tanlangan savollar yordamida suhbatdoshiga haqiqatni topishiga yordam berish (Sokrat metodi) va shu yo‘l bilan uni noaniq tasavvurlardan muhokama qilinayotgan predmet haqida mantiqiy, aniq bilimga olib kelish edi. Sokrat suhbatlarining mavzusini hayotiy tushunchalarining keng ko‘lamidan tortib adolat, adolatsizlik, ezgulik, go‘zallik, mardlik va hokazolar haqidagi tushunchalar tashkil qilar edi. Sokratning shiori "O‘z-o‘zingni angla" to‘la ma’noda psixologiyadagi introspektsiya metodi edi.
Lekin Sokrat introspektsiyasi insonning o‘z "ichki dunyosiga", o‘z kechinmalariga va ong holatiga (u paytda hali ong tushunchasi alohida ajratilmagan edi) murojaat qilishi bo‘lmay, balki o‘z xatti harakatlari va unga o‘z munosabatini, axloqiy normalar va ularning bahosi, inson xulqi va turli hayotiy vaziyatlarni taxlil qilishdan iborat edi.
Sokratgacha falsafiy-psixologik ta’limotlarida ruhning tabiatdagi o‘rni masalasi birinchi o‘rinda turardi. Qonuniy, xodisalarning sababiy bog‘lanishi hisoblangan determenizm tamoyili psixika sohasi uchun ham qo‘llanilgan edi.
Lekin insonga va uning boshqa odamlar bilan munosabatiga qiziqishning ortishi, intellektual faoliyat mahsulotlarining va xulqning ijtimoiy-axloqiy regulyatorlarini chuqurroq analiz qilish shuni ko‘rsatadiki tirik mavjudotning mohiyati haqidagi eski naturfalsafiy izohlar insonning mavhum tushunchalar vositasida mushohada qilish qobiliyati, yuksak maqsadlarga intilishi, vijdon amri bilan ish tutishi kabi xodisalar bilan chiqisholmay qoldi. Lekin bu qobiliyatlar insonning alohida sifatlari to‘plami sifatida real mavjud. Sokrat "jon" termini ostida aqlli mavjudot sifatida individning psixik sifatlari, yaxshilikni tushuna olish kabi xususiyatlarini tushungan holda o‘z diqqat e’tiborini aynan shu narsalarga qaratdi. JON atamasi shunday qilib qadimgi Grek tafakkurida ko‘proq insonning irodaviy va aqliy sifatlari belgisi sifatida talqin qilina boshladi.
Sokrat falsafasi insonning irodaviy axloqiy sifatlari haqidagi ta’limot sifatida shu qadar mashhur ediki, uning traktatlari arab tiliga tarjima qilinib, musulmon olamida u Suqrot nomi bilan mashhur bo‘ldi.
O‘zbeklar milliy psixologik qiyofasi va harakteri sifatlarining shakllanishida hozirgacha xalq orasida mashhur Suqrot haqidagi rivoyatlar, uning xikmatli so‘zlari ham nihoyatda katta rol o‘ynagan.
Shunday bir rivoyat bor. "Suqrotdan so‘rabdilar: Nega chehrangizda hech qachon mahzunlik alomatini ko‘rmaymiz? Hamisha dimog‘ingiz chog‘?" Chunki, mening yo‘qotganda xafa bo‘ladigan narsam yo‘q, deb javob beribdi Suqrot.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling