Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


mavzu. Psixoanalizning paydo bo‘lishi va rivojlanishi


Download 1.38 Mb.
bet140/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

8 mavzu. Psixoanalizning paydo bo‘lishi va rivojlanishi
Freyd o‘z dunyoqarashi taraqqiyotida murakkab va ziddiyatli yo‘lni bosib o‘tdi. Psixiatriyadagi birinchi leksiyalarida u XX asr tabiiy ilmiy materializmi qoidalariga amal qildi, lekin psixoanalizning yaratuvchisi sifatida u SHopengauer, Nitsshe va boshqalarning idealistik-irratsionalistik “hayot falsafasi” tomon burildi. Bu ta’limotlar ta’sirida individning instinktiv-fiziologik mayllariga xos bo‘lgan, inson xulqi uchun asosiy ahamiyat kasb etuvchi “psixik energiya” haqidagi tasavvurlar shakllandi. Freyd inson psixikasida dastavval nisbatan avtonom, lekin doimiy o‘zaro faoliyatda bo‘luvchi ikkita struktura, ongsiz “U” («ono», «ID») va ongli “Men” («YA», «EGO») ni ajratdi, keyinchalik ularga “YUqori Men” (Sverx-YA) ni yoki Super – Egoni qo‘shdi, “YUqori-Men” “Men”ga joylashib oladi va maxsus analizsiz “Men” tomonidan anglanmaydi. Freydning fikricha nevrozning sababi “U”, “Men” va “YUqori-Men” o‘rtasidagi o‘ziga xos ziddiyat hisoblanadi.
Madaniy faoliyatda majburiylikni chetlab o‘tish mumkin bo‘lmaganidek, ozchilik (elita)ning omma ustidan hukmronligi masalasini ham chetlab o‘tish mumkin emas.
Freydning madaniyatshunoslik sohasidagi mulohazalari uni din muammosiga yaqinlashtirdi, madaniyat muammosini hal qilish din muammosi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib qoldi. Madaniy ta’qiqlarni ko‘rib chiqishda Freyd ularning diniy tasavvurlar bilan bog‘liqligini sezmasligi mumkin emas edi, qolaversa ko‘plab dinshunoslar inson hayotini boshqaruvchi qadimiy normalarga ilohiy tus berishadi. Qadim-qadimdan insoniyat madaniyati diniy asosga quriladi deb hisoblangan.
9 mavzu. Psixologiyada gumanistik yo‘nalish. Frantsuz sotsial psixologiyasi. Individual va analitik psixologiya. Ekzistensial va gumanistik psixologiya.
Shaxs qurilmasi va mazmuni muammolari qonuniy ravishda ko‘plab fransuz olimlarida madaniyat va ijtimoiy muhitning shaxs psixikasiga ta’sir o‘tkazishi muammolariga katta qiziqish uyg‘otgan va bu muhim tadqiqotlar olib borishga zamin yaratdi. Markaziy muammolardan biri psixikada ongli va ongsiz sohalarning o‘zaro munosabati, ongsiz motivlarning insonlar harakatlariga, ularning bir-birlari bilan o‘zaro munosabatlariga ta’siri haqida bo‘ldi.
Individual psixologiya – psixoanalizga oppozitsiya sifatida XX asrning boshlarida paydo bo‘ldi. Uning asoschisi A. Adler hisoblanadi. A. Adler dastavval Z. Freyd bilan hamfikr bo‘lgan, lekin keyinchalik uning qarashlarini rad etib, o‘zining shaxs nazariyasini ishlab chiqdi.
Analitik psixologiya – psixologiyadagi yo‘nalish bo‘lib, uning asoschisi A.Adlerga o‘xshab psixoanaliz g‘oyalaridan uzoqlashgan K.G.Yung hisoblanadi. 1913 yilgacha K.G.Yung Z.Freydning qarashlarini yoqlagan, biroq libido va ongsizlikning mohiyatini tushunish masalalari, belgilar ahamiyatini talqin qilishdagi kelishmovchiliklar oxir oqibat K.G.Yungni o‘z psixologik nazariyasini yaratish zarurati haqidagi fikrga olib keldi.
Psixologiyada ekzistensial model determinizm va sababiylikni izchil inkor etish asosida shakllandi. Ekzistensial psixologiyada markaziy o‘rinni inson turmush tarzining birlamchiligi haqidagi g‘oya egallaydi, uning eng muhim muammolari esa hayot va o‘lim, erkinlik va mas’uliyat, yolg‘izlik va mavjudlik mohiyatidir.
XX asrda ekzistensial psixologiyaning metodologik asoslari F. Brentano va E. Gusserllarning ilmiy tadqiqotlarida yaratildi va L. Binsvanger, V. Frankl, R. Mey va boshqalarning ishlarida yanada rivojlantirildi.
XX asrning o‘rtalarida psixologiyada gumanistik psixologiya deb nom olgan yo‘nalish shakllandi. Gumanistik psixologiyaning tadqiqot predmeti, yaxlit tizim sifatida o‘z-o‘zini aktuallashtirish jarayonida o‘zini amalga oshirayotgan sog‘lom, ijodiy shaxs bo‘ldi. 1963 yili AQSH da gumanistik psixologiya g‘oyalarini faol targ‘ib qilgan gumanistik psixologiya Assotsiatsiyasi paydo bo‘ldi. Gumanistik psixologiyaning asosiy g‘oyalari orasida – odam rivojlanishga va o‘z-o‘zini amalga oshirishga qobil faol va ijodiy sub’ekt, odamni uning noyobligi va yaxlitligini hisobga olgan holda o‘rganish zarur, degan g‘oyalar markaziy o‘rinni egallaydi. Gumanistik psixologiyaning taniqli vakillari G.Olport, K.Rodjers, va A.Masloular edi.


  1. Download 1.38 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling