Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


Download 1.38 Mb.
bet138/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

Fexner Gustav (1801 – 1887), nemis fizigi, faylasufi, psixofizikaning asoschisi. Panpsixizm vakili sifatida u Koinot ruhga ega va u ruhiy substansiyaning teskari tomonidir, deb hisoblagan. Gustav Fexner yangi fan –psixofizikaning tashkilotchisi bo‘lib, uning predmeti sifatida psixik va fizik olamning o‘zaro munosabatini taklif qilgan.
Veber Ernst Genrix (1795 – 1878), nemis fiziologi, anatomiya va fiziologiya professori. Ernst Veber maxsus asbob – Veber sirkulini kashf qilgan, uning yordamida terining turli uchastkalarida teri sezgirligi darajasini baholash mumkin bo‘lgan. Ernst Veber birinchi marta harorat adaptatsiyasini eksperimental o‘rgandi. O‘z eksperimental ishlari natijalariga tayanib, Ernst Veber hamma sezgilarni: 1) bosim sezgilari 2) harorat sezgilari va 3) lokalizatsiya sezgilariga bo‘lishni taklif qildi.
Darvin CHarlz Robert (1809 – 1882), ingliz tabiatshunosi, evolyusion nazariyaning asoschisi. “Tabiiy tanlanish yo‘li bilan turlarning kelib chiqishi” nomli fundamental asarida u evolyusion jarayonga sabab bo‘ladigan asosiy omillar sifatida: tanlanish, nasliylik va o‘zgarishni taklif qildi. CHarlz Darvin nazariyasi ilmiy jamoada uzoq munozaralarga sabab bo‘ldi, chunki bu nazariya dunyoning yaralishi haqidagi an’anaviy diniy konsepsiyaga zid edi.
Gelmgols German (1821 – 1894), nemis fiziologi, vrach va tabiatshunos.
1850 yili German Gelmgols o‘zi kashf qilgan kinograf asbobi yordamida nerv tolasida fiziologik jarayonlarni kechish tezligini aniqladi (33,9 m/sek). German Gelmgols eksperimental tadqiqotlar natijalarini baholashga matematik qayta ishlash metodlarini faol tadbiq qildi.
7 mavzu. Eksperimental psixologiyaning rivojlanishi va uning tadbiqiy sohalari
XIX asrning 70-yillarida fanda eksperimental psixologiyaning paydo bo‘lishi va psixologiyaning mustaqil fan sifatida ajralib chiqishi uchun etarlicha jiddiy bilimlar hajmi jamg‘arildi. Eksperimental psixologiyaning paydo bo‘lishini an’anaviy tarzda V. Vundt faoliyati bilan bog‘lanadi. Qator davlatlarda turli olimlar tomonidan eksperimental psixologik laboratoriya va kabinetlar u tomonidan birinchi marta ochilgan laboratoriya shaklida tashkil qilindi.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling