Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


mavzu. O‘zbekistonda psixologiya fanining rivojlanishi va hozirgi axvoli


Download 1.38 Mb.
bet141/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

mavzu. O‘zbekistonda psixologiya fanining rivojlanishi va hozirgi axvoli

Turkistonda daslabki pedagogik va psixologik fikr markazlari sifatida 1918 yili Toshkent va keyinchalik Chimkent shahrida tashkil qilingan pedagogik muzey va pedagogik laboratoriyani ko‘rsatish mumkin. Pedagogik muzey va pedagogik laboratoriya universal o‘quv tarbiya muassasasi bo‘lib ta’lim tarbiya bilan bog‘liq bo‘lgan hamma vazifalarni qamrab olgan. Bu erda ta’lim metodlari ishlab chiqilgan, shu erning o‘zida sinalgan va boshqa o‘quv muassasalariga tarqatilgan. Ishning bunday tashkil qilinganligi ilmiy tadqiqotlar yutuqlarini ta’lim jarayoniga bevosita tadbiq qilishga imkon bergan. Pedagogik laboratoriya haqidagi nizomda bu joy pedagogik fikr va ishning markazi bo‘lishi lozim, shuning uchun pedagogik ishning har bir yangiligi o‘qitish jarayoniga tadbiq qilinishi, ta’lim muassasalariga laboratoriyada to‘plangan boy tajribadan foydalanish imkoniyati berilish kerak, deb ko‘rsatilgan. Boshqa laboratoriya va kabinetlar bilan bir qatorda pedagogik laboratoriya va pedagogik muzeyda eksperimental psixologiya laboratoriyasi ham mavjud bo‘lib, bu erda turli xil psixologik tajribalar amalga oshirilgan. O‘sha davrda ta’lim fidoiylaridan Kalman Xorvatning taklifi bir necha yo‘nalish bo‘yicha diqqatga sazovordir. Birinchidan, bu kompleks xarakterdagi ish bo‘lib, biron bir psixonevrologik kasallik nazardan chetda qolmagan Ikkinchidan, bu rejada qattiq ketma-ketlikda bir necha bosqich nazarda tutilgan:
1. Kasallik diagnostikasi (tadqiqot darajasi);
2. Kasallarni davolash (amaliy tibbiy daraja);
3. Kasallarni tarbiyalash va ta’lim berish (amaliy ta’lim darajasi).
Birinchi darajani psixologik laboratoriya, ikkinchi darajani davolash maxsus muassasasi, uchinchi darajani maktablar amalga oshirishi ko‘zda tutilgan.
Turkistondagi dastlabki ilmiy tadqiqot muassasalaridan biri «O‘zbek davlat ilmiy tadqiqot instituti», hozirgi Qori Niyoziy nomidagi pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti 1929 yili tashkil qilingan bo‘lib, hozirgi kunga qadar bu institut o‘qitishning pedagogik konsepsiyalari, maktab va maktabgacha tarbiya muassasalarida ta’lim-tarbiya nazariyasini yaratuvchi yagona markaz hisoblanadi. 30-yillar boshlarida institut tarkibida quyidagi kabinetlar mavjud bo‘lgan:
1. Sotsial gigiena kabineti.
2. Iqtisod kabineti.
3. Pedalogo – pedagogik kabinet.
4. Psixologik laboratoriya.
Institut tashkil bo‘lgan vaqtdan boshlab uning tarkibidagi kabinet va laboratoriyalar erli xalq xususiyatlari va ijtimoiy muhitini chuqur tadqiq qilish, bolalarning psixologik, ijtimoiy-madaniy xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim tarbiya jarayonini tashkil qilish, darsliklar yaratish bilan shug‘ullandi.
Institut faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat edi:
1. Ilmiy eskpeditsiyalar uyushtirish;
2. Bolalar xarakterini o‘rganish;
3. Pedagogik kadrlar tayyorlash.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling