Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


Platonov Konstantin Konstantinovich (1906 – 1984)


Download 1.38 Mb.
bet85/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

Platonov Konstantin Konstantinovich (1906 – 1984); psixolog. 20-yillarning oxirlarida psixotexnikaga berilib K. K. Platonov Gorkiy (hozirgi Nijniy Novgorod) va Chelyabinsk shaharlaridagi yirik sanoat korxonalarida psixotexnika laboratoriyalari ishini boshqardi. Urushdan keyingi yillarda uchuvchilik faoliyati psixologiyasi bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari natijalari uning ko‘plab ilmiy maqolalari, shuningdek 1963 yili nashr qilingan va keng tanilgan “Aviatsiya psixologiyasi” nomli fundamental ishida o‘z aksini topdi. Shaxs muammosini o‘rganib, K. K. Platonov quyidagi quyi qurilmalarni o‘z ichiga olgan shaxs qurilmasi modelini tasvirladi: 1) ijtimoiy shartlangan quyi qurilma (yo‘nalganlik, munosabatlar, axloqiy sifatlar); 2) tajriba (bilim, malaka, ko‘nikma va odatlar); 3) alohida psixik jarayonlarning individual xususiyatlari; 4) biopsixik quyi qurilma (temperament va organik patologik xususiyatlar). K. K. Platonov shaxsni tarbiyalash va rivojlantirishning eng muhim sharti sifatida jamoa muammosini izchil tadqiq qilgan, uning bu tadqiqiotlari natijalari 1975 yili nashr qilingan “Shaxs va jamoa” nomli ishida o‘z aksini topgan.
Ananev Boris Gerasimovich (1907 – 1972); psixolog, Leningrad psixologiya maktabining asoschilaridan biri.
B. G. Ananev o‘zi ishlab chiqqan insonshunoslik tizimida fanning turli sohalaridan olingan odamning individ, shaxs va individulliligi haqidagi ma’lumotlarni birlashtirdi. 1966 yildan B. G. Ananev tashkil qilgan individual – yaxlit shaxs rivojlanishi kompleks tadqiqoti davomida individuallilik qurilmasining psixologik, biologik va ijtimoiy bo‘laklari o‘rtasidagi aloqalar aniqlandi. B. G. Ananev odam xususiyatlarining asosiy tizimlari individ va shaxs bo‘lib, ularning birlashishi sub’ekt qurilmasi va uning individualliligini shakllantiradi, deb hisoblagan. Individuallilik B. G. Ananev tomonidan ongli o‘z-o‘zini boshqarish tizimi va hayotiy ijodkorlikka qobillik deb ta’riflanadi.

  1. O‘zbekistonda psixologiya fanining rivojlanishi va xozirgi axvoli

Turkistonda daslabki pedagogik va psixologik fikr markazlari sifatida 1918 yili Toshkent va keyinchalik Chimkent shahrida tashkil qilingan pedagogik muzey va pedagogik laboratoriyani ko‘rsatish mumkin. Pedagogik muzey va pedagogik laboratoriya universal o‘quv tarbiya muassasasi bo‘lib ta’lim tarbiya bilan bog‘liq bo‘lgan hamma vazifalarni qamrab olgan. Bu erda ta’lim metodlari ishlab chiqilgan, shu erning o‘zida sinalgan va boshqa o‘quv muassasalariga tarqatilgan. Ishning bunday tashkil qilinganligi ilmiy tadqiqotlar yutuqlarini ta’lim jarayoniga bevosita tadbiq qilishga imkon bergan. Pedagogik laboratoriya haqidagi nizomda bu joy pedagogik fikr va ishning markazi bo‘lishi lozim, shuning uchun pedagogik ishning har bir yangiligi o‘qitish jarayoniga tadbiq qilinishi, ta’lim muassasalariga laboratoriyada to‘plangan boy tajribadan foydalanish imkoniyati berilish kerak, deb ko‘rsatilgan. Boshqa laboratoriya va kabinetlar bilan bir qatorda pedagogik laboratoriya va pedagogik muzeyda eksperimental psixologiya laboratoriyasi ham mavjud bo‘lib, bu erda turli xil psixologik tajribalar amalga oshirilgan. O‘sha davrda ta’lim fidoiylaridan Kalman Xorvat 1919 yili 1 aprelda maorif komissariga xat yo‘llab, davlatning ko‘zi ojiz, gung, ruhiy kasal va psixologik taraqqiyotda orqada qolgan hamda psixikasi muvozanatsiz bolalarni o‘z tarbiyasiga olishi zarurligini ta’kidlagan. Xuddi shu maqsadda butun bir maxsus muassasalar tizimini tashkil etishni taklif etgan. Xorvatning taklifi bir necha yo‘nalish bo‘yicha diqqatga sazovordir. Birinchidan, bu kompleks harakterdagi ish bo‘lib, biron bir psixonevrologik kasallik nazardan chetda qolmagan Ikkinchidan, bu rejada qattiq ketma-ketlikda bir necha bosqich nazarda tutilgan:

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling