1. Kasallik diagnostikasi (tadqiqot darajasi);
2. Kasallarni davolash (amaliy tibbiy daraja);
3. Kasallarni tarbiyalash va ta’lim berish (amaliy ta’lim darajasi).
Birinchi darajani psixologik laboratoriya, ikkinchi darajani davolash maxsus muassasasi, uchinchi darajani maktablar amalga oshirishi ko‘zda tutilgan.
Turkistondagi dastlabki ilmiy tadqiqot muassasalaridan biri «O‘zbek davlat ilmiy tadqiqot instituti», hozirgi Qori Niyoziy nomidagi pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti 1929 yili tashkil qilingan bo‘lib, hozirgi kunga qadar bu institut o‘qitishning pedagogik kontseptsiyalari, maktab va maktabgacha tarbiya muassasalarida ta’lim-tarbiya nazariyasini yaratuvchi yagona markaz hisoblanadi. 30-yillar boshlarida institut tarkibida quyidagi kabinetlar mavjud bo‘lgan:
1. Sotsial gigiena kabineti.
2. Iqtisod kabineti.
3. Pedalogo – pedagogik kabinet.
4. Psixologik laboratoriya.
Institut tashkil bo‘lgan vaqtdan boshlab uning tarkibidagi kabinet va laboratoriyalar erli xalq xususiyatlari va ijtimoiy muhitini chuqur tadqiq qilish, bolalarning psixologik, ijtimoiy-madaniy xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim tarbiya jarayonini tashkil qilish, darsliklar yaratish bilan shug‘ullandi.
Institut faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat edi:
1. Ilmiy eskpeditsiyalar uyushtirish;
2. Bolalar harakterini o‘rganish;
3. Pedagogik kadrlar tayyorlash.
Institut faoliyati Bendrikov, Leventuev, Zavarova, Yusupov, Tokanaev, Mirsharipov, Muxiddinov kabi olimlarning nomlari bilan chambarchas bog‘liq. 30- yillarda bu institutda jahon psixologiya faniga katta hissa qo‘shgan olimlardan biri Aleksandr Romanovich Luriya ishlagan. U o‘zining institut doirasida o‘tkazgan tadqiqotlari asosida keyinchalik «Ob istoricheskom razvitie poznavatelnix protsessov» - «Bilish jarayonlarining tarixiy taraqqiyoti haqida» degan asarini nashr qildi. Shuni ham tan olish kerakki A.R. Luriyaning Turkiston o‘lkasida amalga oshirgan tadqiqotlari natijasida ishlab chiqqan va eslatib o‘tilgan monografiyasida bayon qilgan xulosalari ilmiy va hayotiy haqiqatga mos kelmagan, masalan, uning tadqiqotlar natijasida erli xalqlar bilish jarayonlari taraqqiyoti Rossiyaning markaziy o‘lkalari xalqlari darajasiga etishishi uchun bir necha o‘n yilliklar kerak bo‘ladi, degan xulosasi vaqti kelib unga nisbatan qo‘yilgan aybnomada o‘z aksini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |