Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


Teplov Boris Mixaylovich (1896 – 1965)


Download 1.38 Mb.
bet84/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

Teplov Boris Mixaylovich (1896 – 1965); psixolog, differentsial psixofiziologiyaning asoschisi.
1947 yili nashr qilingan “Musiqaviy qobiliyatlar psixologiyasi” nomli monografiyasida B. M. Teplov musiqaviy qobiliyatlar qurilmasining original modelini taqdim qildi. Ushbu model quyidagi bo‘laklardan tashkil topadi: 1) ritmni va musiqa asari tuzilmasini his qilish 2) musiqaviy eshitish tasavvurlarini ixtiyoriy tuza olish qobiliyati. B. M. Teplov musiqaviylik – musiqani his qilish hodisasini musiqaviy qobiliyatlar hamda musiqaga emotsional hozirjavoblikning birligi, deb talqin qilgan. Individuallilik muammosini o‘rgana turib B. M. Teplov ko‘plab kompozitorlar ijodi va taqdiri haqida qiziqarli ma’lumotlarni to‘pladi. Amalga oshirilgan tahlil B. M. Teplovga musiqaviy qobiliyatlar o‘ziga xosligini baholash, u yoki bu kompozitorning musiqaviy qobiliyatini tug‘ma xususiyatlar va umumiy iqtidorlilik bilan o‘zaro aloqasi doirasida tushuntirish imkonini berdi.
Leontev Aleksey Nikolaevich (1903 – 1979); psixolog va pedagog. L. S. Vo‘gotskiy va A. R. Luriya bilan hamkorlikda psixika taraqqiyotining madaniy – tarixiy nazariyasini ishlab chiqishda faol ishtirok etgan. 1931 yildan A. N. Leontev Ukraina psixonevrologiya institiutida eksperimental psixologiya bo‘limini boshqargan (1932 yildan Butunukraina psixonevrologiya akademiyasi). Shu davrda A. N. Leontev boshchilik qilgan Harkov guruhi tomonidan maktabgacha yoshdagi bolalarning diskursiv tafakkuri, ta’lim jarayonida tushunchalarni egallash, unutish jarayonlari samarali tadqiq qilindi.
1945 yili uning A. V. Zaporjets bilan hammualliflikda tayyorlagan “Harakatning tiklanishi: yaralangandan so‘ng qo‘l funktsiyasi tiklanishining tadqiqoti” nomli monografiyasi nashr qilindi.
60–70-yillarda A. N. Leontev o‘zi ishlab chiqqan faoliyat nazariyasi qoidalarini idrok, tafakkur, xotira va psixik aks ettirishning boshqa shakllarini tadqiq qilishga tadbiq qildi. 1975 yili nashr qilingan “Faoliyat. Ong. Shaxs.” nomli fundamental monografiyasida A. N. Leontev faoliyatning asosiy o‘lchovi sifatida uning predmetliligini taqdim qildi.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling