Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


Bexterev Vladimir Mixaylovich (1857 – 1927)


Download 1.38 Mb.
bet80/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

Bexterev Vladimir Mixaylovich (1857 – 1927); rus fiziologi, nevrolog, psixiatr. 1878 yili Peterburg Tibbiy xirurgiya akademiyasini tugatib 1884 yili V. Vundt va J.-M. Sharkoda stajirovka qilgan.
1885 yili u Qozon shahrida birinchi eksperimental psixofiziologik laboratoriya tashkil qildi.
1908 yili V. M. Bexterev Psixonevrologiya institutini tashkil qildi, 1918 yildan esa miya va psixik faoliyatni o‘rganish institutini boshqara boshladi.
V. M. Bexterev barcha psixik jarayonlar reflektor harakat va vegetativ reaktsiyalar bilan birga kechadi, deb hisoblagan. V. M. Bexterev refleksologiyani psixologiya va fiziologiyaga bog‘liq bo‘lmagan fanning mustaqil sohasi deb bilib, kelajakda refleksologiya psixologiyani o‘rnini almashtirishi kerak, deb hisoblagan. V. M. Bexterev odam bosh va orqa miyasi o‘tkazuvchi yo‘llarining kashfiyotchisi hisoblanadi.
Uxtomskiy Aleksey Alekseevich (1875 – 1942); rus fiziologi, nerv markazlari faoliyati va xulqni tashkil qilishning bosh tamoyili sifatida dominanta ta’limotining kashfiyotchisi.
1923 yili nashr qilingan A. A. Uxtomskiyning “Dominanta nerv markazlarining ishchi tamoyili sifatida” nomli kitobida dominanta markaziy nerv sistemasida muvaqqat ustunlik qiladigan refleks yoki reflektor xulq, deb ta’riflangan. A. A. Uxtomskiyning fikricha, markaziy nerv sistemasida ustunlik qilayotgan qo‘zg‘olish o‘chog‘i boshqa reflektor apparatlari ishini o‘zgartiradi (masalan, himoya refleksini amalga oshirishda bir xil reflektor harakatlar bajarilib, boshqa reflektor harakatlarning bajarilishi istisno qilinadi). Psixologiya nuqtai nazarida dominanta – faoliyatga tayyorlikdir. A. A. Uxtomskiy dominanta yordamida odam birinchi marta shaxs bo‘ladi, deb hisoblagan. Dominantaning asosiy xarakterli belgilari: 1) dominantaga aylangan markazda qo‘zg‘olishning kuchayishi; 2) bu markazda qo‘zg‘olishning ajralib turuvchi belgisi uning barqarorligi hisoblanadi; 3) dominant markazdagi qo‘zg‘olish boshqa reflektor mexanizmlarning tormozlanishi bilan bog‘liq; 4) dominant markaz qo‘zg‘alishni kuchaytirishga qodir.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling