Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi
Download 1.38 Mb.
|
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Safar dar Vatan.
- 3. Nazar dar qadam.
1. Hilvat dar anjuman.
2. Safar dar vatan. 3. Nazar dar qadam. 4. Xush dar dam. 1. Hilvat dar anjuman. Naqshband ta’lim beradiki, insonlardan xoli, hilvatda yashashdan, yolg‘izlikda ofat bordir. Jamoaga uyushish, suhbat-anjuman qurish, tabiat va ko‘pchilik bilan aloqada, muloqotda bo‘lish kerak. Hamjihatlikda yashashning asosiy shartlaridan biri – o‘z qo‘l-kuchi, mehnati bilan halol rizq-ro‘z topib kun kechirish, tirikchilik qilishdir. Bu holat qul saqlash, xoja bo‘lish, o‘z manfaati uchun o‘zgalar mehnatidan foydalanishni istisno etadi. Qul bo‘lishlik, xojalik bandalikka to‘g‘ri kelmaydi. Hamma Ollohning quli, xizmatkori. Xoja esa birgina Ollohning o‘zi. 2. Safar dar Vatan. Bahovuddin Naqshband axloqiy ta’limidagi bu ruknning mazmuni shuki, so‘fiylar bir erda, hilvatda, uzlatda yashashi kerak emas, dunyoni sayru sayohat qilish, Olloh yaratgan go‘zalliklarni ko‘rib, uning qudratini tomosha qilish lozim. Sayru sayohatdan inson ongi o‘sib, Olloh mo‘’jizalaridan ogoh bo‘ladi. 3. Nazar dar qadam. Bu rukn ta’limida inson har bir qadamini o‘ylab, fikrlab bosishi, bir ish qilishda har bir xatti-harakatini mulohaza, mushohada qilishi, so‘nggida pushaymon bo‘lmasligi, baxtsizlik, g‘am-alamga o‘z ixtiyori bilan yuz burmasligi kerak. 4. Xush dar dam. Insonning bu dunyosi muvaqqat, umri o‘lchangan, vaqt g‘animat. Bu hayot noz-ne’matlar maskani. Tabiat esa o‘ynoqi, noz karashmali, hayot azob-uqubatlarga to‘la. Inson hayot qiyinchiliklari qarshisida qanot sindirmasdan, sabr-bardosh bilan, kuch sarflab, uning go‘zalliklaridan bahramand bo‘lishi kerak. Buning uchun inson faoliyatda-harakatda bo‘lishi kerak. Badan-tan sihatligi, aql quvvatini ishga solish, ko‘ngil zoriga quloq tutish, har ishni tajribada sinab ko‘rish, oz so‘zlash, kam eyish, tejamkorlik, nafsni jilovlash kabi axloqiy xatti-harakatiga inson o‘zi hokim bo‘lishi lozim. Naqshband ta’limoti fundamentalizm qarashlariga, ya’ni insonni barcha yaxshi va yomon sifatlari Ollohdan degan tushunchaga salbiy munosabatda va iroda erkinligi, ya’ni taqdir Ollohdan, fe’l, a’mol, harakat insondan degan g‘oyani ilgari surgan. Bahovuddin Naqshband tariqat ahlining odobiga alohida e’tibor bergan. ”Yaxshi fe’llar va yaxshi amallar halol luqmadandir”. Demak har bir qilinayotgan harakatda pok dilning pok niyati bo‘lishi kerak. Ana shundagina har bir oilaga qut-baraka yog‘iladi, farzandlarning tarbiyasi kamolot yo‘li sari o‘zgaradi. Bahovuddin Naqshband Haqiqat yo‘lidan boruvchi kishilar albatta, halol luqmaga rioyat etishlari lozim deganlar. Bu tariqat ahli o‘z halol mehnati bilan topgan narsaga qanoat etib, nafsini boshqara oladigan kishilarni qadrlaydilar. Hazrat aytganlar: Hech mo neyu, hech mo kam ne Az pai hech mo g‘am ne. Mazmuni, bizda ortiqcha hech narsa yo‘q bo‘lsa-da, bizning hech kimdan kamimiz yo‘q va hech narsani deb g‘amimiz ham yo‘q. Inson vujud nafsini jilovlab, mashaqqat orqali, mehnat orqali poklikka erishadi. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling