Maslou Abraxam (1908 – 1970), amerikalik psixolog. A. Maslou har bir odam qaytarilmas, yaxlit va tashkillashgan bir butunlik ekanligi haqidagi g‘oyani izchil rivojlantirdi. 1954 yili nashr qilingan “Motivatsiya va shaxs” nomli kitobida A. Maslou odamda o‘z qobiliyatlarini namoyon qilishga tug‘ma intilish, ya’ni o‘z-o‘zini aktuallashtirishga intilish mavjud, degan fikrni himoya qildi. A. Maslou sub’ektning o‘z oliy ehtiyojlarini aktuallashtirishi nisbatan quyi ehtiyojlarini qondirgandagina amalga oshadi, deb hisoblagan. A. Maslouning fikricha, odam ehtiyojlarini piramida shaklida tasavvur qilish mumkin, piramidaning asosida (birinchi darajada) fiziologik ehtiyojlar joylashgan, ikkinchi darajada – xavfsizlik ehtiyojlari joylashgan, uchinchi darajada – muhabbatga taalluqlilik ehtiyojlari, to‘rtinchi darajada – tan olinishga bo‘lgan ehtiyojlar va piramidaning cho‘qqisida – o‘z-o‘zini aktuallashtirishga bo‘lgan ehtiyojlar joylashgan.
A. Maslou inson motivlarining ikkita asosiy kategoriyasini tasvirlagan: 1) maishiy motivlar (o‘sish, rivojlanish motivlari) va 2) defitsit, etishmovchilik motivlari. O‘sish motivlari insoniy imkoniyatlarni rivojlantirish va hayot tajribasini kengaytirish bilan bog‘liq. Defitsit, etishmovchilik motivlari xulqning bazaviy harakatga keltiruvchi omillari hisoblanadi, ularning maqsadi etishmovchilik holatlarini qondirishdan iborat.
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Jyulen Lametrining asosiy g‘oyalari nimadan iborat?
2. J.- J. Russoning tarbiya haqidagi tasavvurlari tizimini ta’riflang.
3. D. Didroning fikricha, qanday tamoyillarga amal qilish, davlat ta’lim tizimi samaradorligini oshiradi?
4. K. Gelvetsiyning asosiy g‘oyalari nimadan iborat?
5. Frantsuz ma’riftparvarlarining psixologik bilimlar taraqqiyotiga qo‘shgan hissasiga baho bering.
6. A. Adlerning fikricha odam taraqqiyotini qanday kuch harakatga keltiradi?
7. A. Adler hayot usuli tushunchasini qanday izohlagan?
8. A. Adlerning fikricha tug‘ilish ketma ketligi odamning hayotida qanday rol o‘ynaydi?
9. K. G. Yungning fikricha shaxs qurilmasi qanday tarkibiy qismlardan tashkil topgan?
10. K. G. Yung tomonidan qanday arxetiplar tasvirlangan?
11. Zamonaviy psixologiya fani uchun individual va analitik psixologiyaning ahamiyatiga harakteristika bering.
12. F. Brentano va E. Gusserlning intentsionallik muammosiga qarashlari qanday?
13. L. Binsvangerning asosiy g‘oyalarini ta’riflang.
14. V. Frankl logoterapiyasining asosiy g‘oyalarini sanang.
15. R. Mey inson mavjudligining asosiy shartlari sifatida qanday komponentlarni ajratgan?
16. Ekzistentsial psixologiyaning tarixiy ahamiyati nimada?
17. G. Olport dispozitsional kontseptsiyasining mohiyati nimada?
18. K. Rodjersning psixologik bilimlar taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini ta’riflang.
19. A. Maslou inson motivlarining qanday ikkita kategoriyasini tasvirlagan?
Do'stlaringiz bilan baham: |