Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


So‘fizmda ruhiy holatlar, psixik jarayonlar masalalarining ishlanishi


Download 1.38 Mb.
bet74/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

So‘fizmda ruhiy holatlar, psixik jarayonlar masalalarining ishlanishi
So‘fizmdagi inson ruhi va inson vujudi o‘rtasidagi munosabatlarni har bir davrning fidoyilari o‘z zamonalariga moslab tushunganlar va targ‘ib qilib odamlar ongiga etkaza olganlar.
XIX asrga kelib buyuk psixolog Zigmund Freyd psixologiya fanida o‘zining ongsizlik, ong osti, psixoanaliz muammolarini ilmiy asoslab, bu fanga beqiyos hissa qo‘shgan. Freyd fikrlari inson xulqining motivlari ko‘lamini, inson faolligi manbalarini ro‘y-rost ochib berganligi bilan qimmatlidir. Ayni shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, inson ongiga ta’sir qilish, eksperimental psixologiya va psixoanaliz bilan o‘sha davrlarda so‘fiylar shug‘ullanganlar.
So‘fizmda ruh, vujud munosabati qanday talqin qilingan? So‘fiylar g‘oyasiga ko‘ra vujud ruhning qafasi, uning oyog‘idagi kishan hisoblanadi, vaholanki, ruh bor narsa ekan u har doim, har soniyada ozodlikka intiluvchan bo‘ladi. Qachonki, qafasdan ozod bo‘lsa u parvoz qiladi, oliy aql bilan qo‘shilib ketadi degan g‘oyani Farididdin Attorning “Mantiq-ut-tayr”, Alisher Navoiyning “Lison-ut-tayr”, Ibn Sinoning “Xay ibn Yakzan”, ”Salomon va ibsol”, ”Qushlar” kabi kitoblarida ko‘rish mumkin.
Ruhning haqiqat bilan birlashishga intilishi g‘oyasi insoniyat tafakkurida yangilik emas. “Erdagi hayot ruh uchun berilgan jazodir” deb targ‘ib qilgan Grek falsafa maktablaridan tortib, har bir din, har bir diniy - falsafiy yo‘nalish shu g‘oyani targ‘ib qilib kelgan. So‘fiylarda bu g‘oya yangicha talqinini topgan. Bu yangi mazmun shundan iboratki, hayot faoliyatining mazmuni uchun inson o‘zi javobgardir, demak, inson o‘z shaxsidagi turli illatlar, g‘ayriinsoniy hislatlar uchun o‘zi mas’uliyatlidir, o‘z xulqini o‘zgartirish, undagi ijobiy sifatlarni shakllantirish odamning o‘ziga bog‘liq. Bu g‘oya birinchi marta islomdagi “Taqdiri azal” tushunchasiga qarshi qo‘yilgan “Iroda erkinligi” g‘oyasi edi. Mansur Xalloj, Nasimiy, Mashrab, Ibn Sino, Ahmad Yassaviy, Jaloliddin Rumiy, Yusuf Hamadoniy va Bahovuddin Naqshbandlar falsafasidagi “Iroda erkinligi g‘oyasi “ inson o‘z xulqi uchun javobgardir degan fikrni targ‘ib qilib insonga o‘z hayoti uchun katta mas’uliyat yuklagan va shu yo‘l bilan “Zulmat va ziyo”, “Ezgulik va yovuzlik” o‘rtasidagi mangu kurashga shaxsiy mazmun berilgan.
So‘fiylar targ‘ib qilganidek inson ruhi o‘zining asl holiga qaytishga beto‘xtov harakat qiladi. Lekin unga bu yo‘ldan borishga “kishan”, ”qafas” xalaqit beradi. Ruhni haqiqatga tomon yo‘li to‘xtovsiz o‘z-o‘zini barkamollashtirib, o‘z-o‘zini bilish jarayonidan iborat bo‘lmog‘i lozim.
Haqiqatga intilgan so‘fiy “oshiq” bu mushkul yo‘lda to‘rtta bosqichdan o‘tishi kerak bo‘ladi. Birinchi bosqich – shariat, ikkinchi bosqich – tariqat, uchinchi bosqich – ma’rifat va to‘rtinchi bosqich – haqiqatdir.
So‘fiylar ta’limotida shariat bosqichi har bir oshiq uchun majburiy, lekin haqiqatga etish uchun etarli emas, chunki mantiqiy bilish narsa va hodisalarning belgi va sifatlarinigina bilishga imkon beradi. Bunday bilish cheklangan, mohiyatni bilish uchun esa ikkinchi bosqichga o‘tish kerak.
Tariqat – etti maqomdan iborat bo‘lib hozirgi zamon ilmiy tili bilan aytganda bu bosqichda oshiq psixoanalitik uslublarni, o‘zida va boshqalarda ong osti sohasini boshqarish usullarini o‘zlashtirgan. Tariqat bosqichining har bir maqomi muhim psixologik holat bo‘lib, qadamma qadam oshiqqa o‘z psixologik yo‘nalishini faqat haqiqatga, absolyutga yo‘naltirish usullarini o‘rgata boradi.
Birinchi maqom tavba - oshiq psixologik yo‘nalishini butunlay o‘zgartirish usuli.
Ikkinchi maqom – vara - (ehtiyotkorlik) savob va gunohni farqlash.
Uchinchi maqom - zuhd - (tiyilish) - fikrni haqiqatdan chalg‘itadigan har qanday narsadan voz kechish.
To‘rtinchi maqom - faqir (qashshoqlik) - birinchidan,dunyo lazzatlaridan voz kechish, ikkinchidan ong qashshoqligi, o‘zligidan voz kechish. O‘z “men”idan voz kechmagan oshiq hech qachon haqiqatga etolmaydi.
Beshinchi maqom – sabr - (toqat) - noxushlik tug‘diradigan har bir narsani mo‘minlik bilan qabul qilishlik, birovning dilini og‘ritmaslik, birovga yomonlikni ravo ko‘rmaslikka harakat qilish.
Oltinchi maqom – tavakkal - ertangi kun uchun qayg‘urmaslik, olam “har onda yaratilib, har onda yo‘q qilinadi” degan iboraga amal qilish.
Ettinchi maqom – rizo - (mo‘minlik) - psixikaning shunday holatiki, hech qanday hayot zarbasi yoki muvaffaqiyat oshiq fikrini tebrantirmaydi. Xuddi shu erda ikkinchi bosqich-tariqat tugab, uchinchi bosqich – haqiqat boshlanadi.”Oshiq” endi “orif”ga aylanadi va kamolotga erishadi.
So‘fizmdagi kamolotga erishishning uch bosqichi bilishning uch bosqichiga, birinchisi ishonchli bilim, ikkinchisi to‘la ishonch, uchinchisi haqiqiy ishonchga mos keladi. Har bir bosqich juda katta mashaqqatlardan iborat, bulardan o‘tish uchun oshiq kuchli, ruhiy zo‘riqishlarga bardosh bera olishi kerak, faqat axloqiy va ma’naviy pok odamgina bu mashaqqatlarga bardosh bera olishi mumkin. Shuning uchun so‘fiylar ilm bilan etika, aql bilan hissiyot, haqiqiy haqiqat bilan adolatli haqiqat o‘rtasidagi bog‘liqlikni shart qilib qo‘yganlar.
Ong ostini tadqiq qilishda inson emotsional hayotining asosiy sifatidan hissiy mayllarga suyanadigan hozirgi zamon psixoanalitiklariga o‘xshab, so‘fiylar shariatning yo‘lboshchisi aql bo‘lsa, tariqatda bu yo‘lboshlovchi Muhabbat bo‘ladi deb hisoblaganlar. Shuning uchun so‘fiylar ”Oliy ezgulik”ning etti xil ko‘rinishi: Adolat, Mehribonlik, Aql, Haqiqat, Mohiyat, Hayot, Donishmandlikning yoniga sakkizinchi Muhabbatni qo‘shishgan. Shu tufayli ramziy ma’noda so‘fiy oshiq, haqiqat mahbub deb nomlangan. So‘fiylar sublimatsiya - psixofiziologik hodisasidan, ya’ni hissiyotni ruhiy sohaga ko‘chirish imkoniyatidan foydalanganlar.
Klassik o‘zbek poeziyasi so‘fizm g‘oyalarining bevosita merosxo‘ri va davomchisidir. Alisher Navoiy, Mashrab, Bedil, Bobur kabi o‘zbek poeziyasi vakillari she’riyati, Ahmad Yassaviy hikmatlari tarki dunyochilikni, mistikani, mute’likni emas, samimiylikni, ezgu niyat orqali ezgulik chaqirishni, ezgu ishlar orqali ezgulikka undashni tasvirlagan.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling