Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi
-MAVZU. O‘ZBEKISTONDA PSIXOLOGIYA FANINING RIVOJLANIShI VA HOZIRGI AXVOLI
Download 1.38 Mb.
|
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchidan
- To‘rtinchidan
10 -MAVZU. O‘ZBEKISTONDA PSIXOLOGIYA FANINING RIVOJLANIShI VA HOZIRGI AXVOLI
O‘ZBEKISTONDA PSIXOLOGIK G‘OYALAR TARAQQIYOTINING TARIXIY ILDIZLARI Zoroastrizm Psixologik bilimlarning paydo bo‘lishi va taraqqiy etish tarixi, ularni vujudga keltirgan, o‘z tarkibida saqlaydigan manbalar haqida gapirganda, birinchi navbatda turli diniy ta’limotlar to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Chunki turli din asoslari insonning mohiyati, shaxs xususiyatlari, ijtimoiy munosabatlar tizimi, axloqiy masalalar kabi inson hayot faoliyatining hamma qirralarini o‘zida aks ettiradi. Ma’lumki, Movarounnahr arablar tomonidan egallanib, islom dini tarqalgunga qadar bu erlardagi xalqlar Zoroastrizm diniga sig‘inganlar. Ilmiy adabiyotlarda Zoroastrizmni otashparastlik dini deb atash qabul qilinganligining asosiy sababi, bu dinning sig‘inish marosimlarida olov asosiy atribut bo‘lib hisoblangan. Lekin shuni ham eslatib o‘tish joizki, qolgan barcha dinlarda ham bu atribut, albatta, ishtirok etadi. Musulmonlarda olovdan aylantirish, nasroniylarda sham yoqish, buddizmda sig‘inish marosimlari, dafn marosimlarida olovning albatta shartligi bu fikrimizni isbotlaydi. Bizningcha, inson hayot faoliyatida olovning bunchalik katta o‘rin tutishining bir necha va albatta psixologik izohi bor. Birinchidan, agar biz hozirgi zamon fanidagi insoning evolyutsion taraqqiyoti yo‘lini haqiqat o‘rnida qabul qilsak, inson qachonlardir olovga ega bo‘lgandan beri olov inson uchun xavf-xatardan, ochlikdan, sovuqdan himoya qiluvchi vosita bo‘lib xizmat qilib keldi. Ikkinchidan, qadimgi tabiiy va falsafiy ta’limotlarda olov olamning asosini tashkil etuvchi to‘rt unsurning biri hisoblanadi. Uchinchidan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’noda olov o‘zining kuydirib kul qilish xususiyati bilan insonlar ongida poklovchi, xalos qiluvchi kuch sifatida tasavvur qilinadi. To‘rtinchidan, olovda joziba, mast qiluvchi narkotik xususiyat ham borki, olovning insonni o‘ziga jalb qiluvchi xususiyatlaridan biri ham ana shu hisoblanadi. Avestoda Movarounnahrda yashagan qadimiy xalqlarning madaniyati, diniy-falsafiy tasavvurlari, siyosat, axloq, maishiy hayot, adabiyot, astronomiya, biologiya, geografiya, tarix, tabiiyot kabi bilimlari haqidagi boy material o‘z aksini topgan. Avesto beshta kitobdan iborat bo‘lib, birinchi kitob Yasna deb ataladi. Uni tashkil qiluvchi Gatalar, asosan diniy-bilish madhiyalaridan iborat bo‘lib, 72 ta “Ha”yoki “Xat” deb ataluvchi boblarga bo‘linadi. Ikkinchi kitob “Visperd” 24 bob yoki “Karde” (Harakat) dan, diniy marosimlardan tashkil topgan. Uchinchi kitob “Vendidat” (Devlarga qarshi qonun) 22 bob (Fargerdalar) dan iborat diniy huquqiy qonunlardan tashkil topgan. To‘rtinchi kitob “Yashtalar” - 21 bobdan iborat. Yashtalarda yakka xudolilik va mehr-shafqat farishtalari ulug‘lanadi. Yashtalar Zaratushtra ta’limotini O‘rta Osiyo xalqlarining qabilaviy marosimlari bilan bog‘laydi. Beshinchi kitob Xorde Avesto yoki Kichik Avesto – kundalik ibodat vaqtlari, yillik muqaddas kunlar va diniy bayramlarni aniqlash uchun yozilgan. Avestodagi asosiy g‘oya ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurash g‘oyasidir. Gatalarning butun mazmuni hayotning turli tomonlariga, hayot faoliyati va axloq marosimlariga qaratilgan. Gatalarda butun dunyo ikki sferadan iborat deb uqtiriladi. Biri erdagi real, vujudiy hayot, ikkinchisi tasavvuriy, ruhiy hayot. Gatalarning asosiy xususiyati shundaki, ularda ko‘proq erdagi real hayotga e’tibor qaratiladi. Masalan, Yasnaning 5-bobida aytiladi: “Biz Axura Mazdani tirik jonzot va adolatni, rohatbaxsh suv va o‘simliklarni, yorug‘lik, er va barcha qulayliklarni yaratganligi uchun, uning buyukligi va yaxshi podsholik qilayotganligi, yaxshi san’ati uchun ulug‘laymiz”. Vendidatning 33-bobida real hayotni, shu bilan birga odamlar tasavvurlarining qanchalik hayotiyligini ko‘rsatuvchi yana shunday dalillar bor: Kim ovqat emasa, xush xulqlik ishni amalga oshirishga kuch topolmaydi va o‘z er-xotinlik vazifasini bajara olmaydi, avlodni davom ettira olmaydi. Har qanday moddiy jonzot ovqat bilan tirik: ovqatsiz u halok bo‘ladi. Zoroastrizm va undan keyin islom dini tarqalgan davrda O‘rta Osiyo va Eronda Manixeychilik va Mazdakizm keng tarqaladi. Mani (216-276 y.) ta’limoti bo‘yicha yorug‘lik olami - ezgulik va zulmat olami yovuzlik mavjud. Har ikki olam o‘rtasida omonsiz kurash oqibatida ezgulik yovuzlik ustidan g‘alaba qozonadi va inson o‘zining butun xulq atvori, butun hayoti bilan o‘zidan yorqin zarralar chiqarib, yorug‘likning zulmat ustidan g‘alaba qozonishiga yordam berishi kerak. Shuning uchun odam boshqa birovni, hayvonlarni o‘ldirishga, jarohat etkazishga, olovga, suvga, o‘simliklarga zarar etkazishga haqqi yo‘q. U axloqiy, pok hayot kechirishi kerak. Mazdakizmda - Manixeychilikdan farq qilib, diniy - falsafiy masalalardan ko‘ra ko‘proq ijtimoiy masalalarga o‘rin berilgan. Mazdak ta’limotiga ko‘ra, eng katta ijtimoiy illat bu jilovlab bo‘lmaydigan ochko‘zlik va qashshoqlikdir. Bular jamiyatdagi hasad, nafrat, qasosning sababchilaridir. Jamiyatdagi ana shu illatlarga qarshi kurashish va ularni yo‘qotishga intilish xudoga xizmat qilish deganidir. Shuni tan olish kerakki, Zoroastrizm, manixeychilik, mazdakizmdagi bu tasavvurlar kundalik hayotimizda, boshqacharoq ko‘rinishda yashab kelmoqda. Psixologik mexanizmga ko‘ra, inson o‘ylayotgan, gapirayotgan paytda o‘zidan ma’lum quvvat ajratib chiqaradi. Fikr va so‘z samimiy, ezgu bo‘lsa ajralayotgan quvvat ijobiy bo‘ladi va yaxshilik ishlarga sabab bo‘ladi. Fikr, so‘z yovuz bo‘lsa, ajralayotgan quvvat salbiy bo‘ladi, butun bir odamlar to‘plamining salbiy quvvatlari birlashib katta yovuzliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Agar olamonda shunday yovuz kayfiyat mavjud bo‘lsa, bu olamon o‘zi anglamagan holda, vaxshiylik qilishi ham mumkin. Ommaviy psixologik hodisalar va kayfiyatning yuqumliligi qonuniyatlariga ko‘ra bir necha odamlardan tarqalayotgan quvvat birlashib katta kuchlanishdagi quvvatga aylanadi, kuchni yanada oshiradi va tobora ko‘proq odamlar ongini qamrab oladi. Agar quvvat ijobiy bo‘lsa qahramonliklarga, agar quvvat salbiy bo‘lsa turli xunrezliklarga sabab bo‘ladi. Ikkinchi tomondan, ko‘plab olimlar shu kunda ta’kidlayotganidek, odamdagi umumiy kayfiyat ba’zan samoviy va erdan chiqayotgan quvvat bilan birlashadi. Ijobiy kayfiyat ijobiy samoviy va erdagi quvvatni chaqiradi. Salbiy, yovuz kayfiyat yovuz samoviy va erdagi quvvatni chaqiradi, natijada xalq tili bilan aytganda yoki xudoning rahmati yog‘iladi, yoki balo-qazo sodir bo‘ladi. Yomonni ham yaxshi deyaver, uning yaxshi bo‘lishiga sababchi bo‘lasan deyishlarining sababi ham shunda. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling