Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


Download 1.38 Mb.
bet69/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

Gusserl Edmund (1859 – 1938), ekzistentsial-fenomenologi filosofiya va psixologiyaning asoschisi.
E. Gusserl ustozi F. Brentanoning g‘oyalarini rivojlantirib, shunday xulosaga keldiki, intentsionallik – bu, ob’ektga yo‘naltirilgan ongning eng muhim xususiyatidir. Ong va ob’ekt munosabatining mohiyatini ochib berib, E. Gusserl shunday g‘oyani bayon qiladiki, bu haqiqiy munosabat emas, chunki ob’ekt ongda joylashmagan, ong esa faqatgina ob’ektning obraziga ega xolos. E. Gusserl, xodisa — bu, ongga sovuqqonlik, manfaatsiz mushoxada orqali ochiladigan narsadir, deb taxmin qilgan.
E. Gusserlning fikricha, ong predmetli bo‘libgina qolmay, o‘zining avvalgi tajribasiga tayanib predmetni quradi va predmetga mazmun ham beradi. Maishiy hayotni qura turib ong, ikkita qutbga ega bo‘ladi: bitta qutbda – kechinma akti (idrok, baholar yoki esdaliklar), boshqasida aktning quruvchi mazmuni yo‘naltirilgan predmet turadi.
E. Gusserl ekzistentsiyani anglangan kechinmalar oqimi sifatida qarash mumkin, deb taxmin qilgan, bunda har bir kechinma boshqasi uchun imkoniyat bo‘lib, shuning bilan birga uni mazmunan aniqlamaydi. Psixologiyaning vazifasi faktlarni tahlil qilish emas, balki xodisalarni oldindan gipotetik taxminlar qilmay, xolis tasvirlashdan iborat bo‘lishi kerak.
Binsvanger Lyudvig (1881–1966), shveytsariyalik psixolog va psixiatr. Tsyurix, Lozanna va Geydelberg universitetlarida tibbiy ma’lumot olgan. XX asrning 20-yillarida L. Binsvanger fenomenologiyani psixiatriyada qo‘llash g‘oyasi bilan chiqdi. L. Binsvanger tadqiqotlarining natijasi sifatida insonning dolzarb majudligini fenomenologik analiz qilish ko‘rinishidagi ekzistentsial analizni ishlab chiqish bo‘ldi. L. Binsvangerning fikricha ekzistentsial analizning asosiy maqsadi sub’ekt tajribasining ichki olamini qayta tiklash bo‘lishi kerak.
L. Binsvanger inson erkin, chunki u har doim bitta zarurat, tanlash zaruratiga duch keladi. Psixologiya fani odam va uning mavjudligini yaxlit holda ko‘rib chiqishni o‘rganishi zarur. Odam maishiy hayotining hamma moduslarini funktsional yaxlitlikda ifodalash uchun L. Binsvanger koinonia (qadimgi grekchadan – ittifoq, jamoa) atamasini qo‘llaydi. Koinonianing buzilishi oqibatida navrotik belgilar paydo bo‘ladi.
L. Binsvanger odam, uning ekzistentsiyasi “o‘z xoliga tashlab qo‘yilganda”, transtsendental – ob’ektiv idrok doirasida cheklangan va erkin bo‘lmaganda nevrotikka aylanadi. Odam, hatto o‘zining “o‘z xoliga tashlab qo‘yilganligini” anglaganda ham o‘zini tanlashi kerak, chunki tanlashni rad etish yoki nevrozga yoki munofiq, yolg‘on mavjudlikka olib boradi. L. Binsvangerning fikricha, nevrozlar va psixozlar olamni qurish va transtsendatsiya – ob’ektiv borliq doirasidan tashqarida idrok qilishning o‘ziga xos usuli hisoblanadi. Psixotik o‘zi anglab etgan olamda yashaydi. Me’yor (norma)dan og‘ish yangi me’yor (norma) qurishni anglatadi. Nevrotik xodisalarning asosiy sabablari: 1) koinonianing parchalanishi va uning natijasida odam mavjudligining turli moduslari o‘rtasida keskin ziddiyatning paydo bo‘lishi va 2) mavjudlikning qandaydir bitta modusining ustunligi oqibatida ekzistentsiyaning cheklanishi, bu xolat olamni idrok qilish chegarasini toraytiradi va boshqa moduslarning ekzistentsiya bo‘lishi mumkinligi ehtimolini yo‘qqa chiqaradi. Shu munosabat bilan psixoterapevtning asosiy vazifasi patsientga “idrok chegarasini” kengaytirishga yordam berishdan iborat bo‘lishi kerak.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling