Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi
Download 1.38 Mb.
|
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022
Adler Alfred (1870 – 1937), avstriyalik psixolog. 1902 yildan boshlab Z. Freydning psixoanalitik to‘garagida qatnashgan. 1910 – 1911 yillarda A. Adler Vena psixoanalitik jamiyatining prezidenti bo‘lgan. 1911 yili A. Adler Z. Freyd bilan munosabatlarini uzib, o‘zining shaxsiy psixologik nazariyasini ishlay boshlaydi. Individual psixologiyaning g‘oyalari dunyoda birinchi jahon urushidan keyin keng tarqaldi (xalqaro konferentsiyalar o‘tkazildi, “Xalqaro individual psixologiya jurnali” nashr etildi va x.k.). biroq 1934 yilda fashistlar tomonidan individual psixologiya ta’qiqlangandan keyin A. Adler AQSh ga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ldi.
A. Adler inson taraqqiyotini harakatga keltiruvchi kuch, bu tug‘ma to‘laqonli emaslik hissi, odamning ustunlikka va o‘z-o‘zini tasdiqlashga intilishidan paydo bo‘ladigan kechinmalar, deb hisoblagan. Organizmning to‘laqonli emaslik hissini bartaraf qilish qobiliyatining asosida kompensatsiya mexanizmi yotadi. Biroq, A. Adlerning fikricha giperkompensatsiya (ustunlik kompleksi) imkoniyati mavjud bo‘lib, odam nafaqat to‘laqonli emaslik hissini bartaraf qilibgina qolmay, o‘zining qobiliyatlarini namoyishkorona ko‘paytira boshlaydi. A. Adlerning fikricha shaxs — bu, bir butun, yaxlit qurilmadir. Individual psixologiyaning vazifasi har bir odamda bir butunlikni aniqlashdan iboratdir. A. Adler ustunlikka intilish — bu, tug‘ma intilish, tendentsiya bo‘lib, har bir odam tomonidan shaxsiy, qaytarilmas hayot usuli doirasida turlicha amalga oshiriladi. Hayot usuli — bu, inson hayot faoliyatining asosida yotadigan xulq usullari va shaxs harakterining birlashmasidir. To‘rt yoki besh yoshlarda shakllanib, hayot usuli shaxsda mustahkam o‘rnashadi va keyinchalik qat’iy o‘zgarishlarga uchramaydi. Hayot usuli odam psixik jarayonlarining o‘ziga xos kuchaytiruvchisi rolini o‘ynab, ularni bir butun, yaxlitga birlashtiradi. A. Adlerning fikricha, har bir odamning hayotida dunyoga kelish navbati (tug‘ilish ketma ketligi) muhim rol o‘ynaydi. A. Adler to‘rtta pozitsiyani ajratgan: 1) birinchi farzand, 2) yolg‘iz farzand, 3) ikkinchi farzand va 4) oxirgi farzand. Birinchi farzand lider, konservator, hokimiyatga intiluvchi bo‘lib o‘sadi. Bunday sifatlar birinchi farzandda ikkinchi farzandning tug‘ilishiga reaktsiya natijasida shakllanadi, chunki shu vaqtdan boshlab ota-onanning diqqat e’tibori birinchi farzanddan uka yoki singilga ko‘chadi. Yolg‘iz farzand odatda egotsentrik va tobe odam, tengdoshlari bilan munosabatda doimiy qiyinchiliklarga duch keladi. Buning sababi unda oilada raqobatli kurash tajribasining yo‘qligidir. Ikkinchi farzand oriyatli, raqobatli kurash tajribasining mavjudligi uni muvaffaqiyatga erishishga yo‘nalishni shakllantiradi. Ikkinchi farzand katta aka yoki opa bilan musobaqalashib, uning muvaffaqiyat va yutuqlaridan o‘zib ketishga harakat qiladi Raqobat uning taraqqiyot tezligiga ozuqa beradigan omil rolini o‘ynaydi. Oxirgi farzand katta aka va opalardan ustunlikka erishishning yuqori motivatsiyasiga ega, chunki u tez-tez kuchli tobelik va to‘laqonli emaslik hissini boshdan kechiradi (katta aka va opalarning doimiy, o‘ta nazorati, shaxsiy buyumlarining yo‘qligi va x.k.). Analitik psixologiya – psixologiyadagi yo‘nalish bo‘lib, uning asoschisi A. Adlerga o‘xshab psixoanaliz g‘oyalaridan uzoqlashgan K. G. Yung hisoblanadi. 1913 yilgacha K. G. Yung Z. Freydning qarashlarini yoqlagan, biroq libido va ongsizlikning mohiyatini tushunish masalalari, belgilar ahamiyatini talqin qilishdagi kelishmovchiliklar oxir oqibat K. G. Yungni o‘z psixologik nazariyasini yaratish zarurati haqidagi fikrga olib keldi. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling