Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


Frantsuz ma’rifatparvarlarining psixologik qarashlari


Download 1.38 Mb.
bet64/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

Frantsuz ma’rifatparvarlarining psixologik qarashlari
XVII asrda Frantsiyada ma’rifatparvarlik harakati psixologik g‘oyalar taraqqiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan omil bo‘lib xizmat qildi. Psixika va ong muammolarini tadqiq qilgan frantsuz ma’rifatparvarligining ko‘zga ko‘ringan vakillari J. Lametri, J.- J. Russo, D. Didro, E. Kondilyak, K. Gelvetsiy, P. Kabanislar edi.
Lametri Jyulen (1709 – 1751), frantsuz filosofi, vrach. Ilohiyotshunoslik fanlari, fizika va meditsinani o‘rgangan. Jyulen Lametri og‘ir bezgak holatini boshidan o‘tkazib, o‘z-o‘zini kuzatish ma’lumotlariga tayanib shunday xulosaga keladiki, vujudning holati odamning ruhiy faoliyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. 1747 yili Jyulen Lametri Gollandiyada “Odam - mashina” nomli kitobini nashr qiladi. Ushbu kitobning nashr qilinishi ruhoniylar orasida kuchli e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Bu kitobda u inson oragnizmi ruhsiz mashinaga o‘xshaydi, degan fikrni bayon qildi.
Jyulen Lametri odam organizmi soat mexanizmiga o‘xshagan murakkab mexanizm (mashina), odam boshqa jonivorlardan ehtiyojlarining ko‘pligi bilan ajralib turadi, ehtiyojlarning ko‘pligi esa aqlning ko‘pligini ta’minlaydi, deb hisoblagan.
Umuman olganda esa, odamning hayvonlardan ustunligi ta’lim va tarbiya tufaylidir. Lametri bo‘yicha bilish sezgilardan boshlanib tasavvur va diqqat yordamida obrazlar tuzishdan iboratdir.
Jyulen Lametri jamiyatning taraqqiyoti ma’rifatning muvaffaqiyati hamda buyuk odamlarning faoliyatiga bog‘liq, deb hisoblagan.
Russo Jan Jak (1712 – 1778), buyuk faylasuf, yozuvchi, bola tarbiyasining butun bir tizmini ishlab chiqqan ma’rifatparvar. Shveytsariyada tug‘ilgan, 1741 yilgacha shu erda yashagan, keyin Parijga ko‘chib o‘tgan va bu erda boshqa ma’rifatparvar-entsiklopedistlar bilan hamkorlik qila boshlagan.
1762 yilda nashr qilingan Jan Jak Russoning “Emil, yoki tarbiya haqida” nomli pedagogik romani ruhoniylar tomonidan kuchli norozilikka sabab bo‘ldi. Jan Jak Russoning fikricha tsivilizatsiya odamga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun romanda u tasavvurdagi tarbiyalanuvchi Emilni unga tug‘ma ravishda berilgan qobiliyatlarini rivojlantirish uchun jamiyatdan himoya qiladi, chunki, uning fikricha shaxsning barkamol taraqqiyoti uchun tabiatdan andoza olish zarur. Jan Jak Russo bolani to‘g‘ri tarbiyalash uchun uning individual xususiyatlarini hisobga olish, uning shaxsiga nisbatan zo‘ravonlik qilishga yo‘l qo‘ymaslik zarur.
Jan Jak Russo psixologiya fani tarixiga to‘rtta bosqichdan iborat dastlabki yosh davrlarini ishlab chiqqan olim sifatida kirgan: Birinchi bosqich – tug‘ilgandan ikki yoshgacha – bu davrda bolani jismoniy tarbiyalash zarur. Bu davrda bolada nutq yo‘q, shuning uchun aqliy tarbiyaga zarurat ham yo‘q. Ikkinchi bosqich – ikki yoshdan 12 yoshgacha – bolaning sensorikasini rivojlantirish kerak, chunki sezgilar bola tafakkuri rivojlanishining asosi bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun Jan Jak Russoning fikricha erta tizimli ta’lim maqsadga muvofiq emas. Uchinchi bosqich –12 yoshdan 15 yoshgacha – bolaga intensiv ta’lim berishga bag‘ishlash kerak, bu davrda u berilayotgan bilimlarni adekvat idrok qila va o‘zlashtira oladi. Bolaning axloqiy taraqqiyoti kechroq amalga oshishi tufayli bu davrda asosan tabiiy va aniq fanlarga urg‘u berish kerak. To‘rtinchi bosqich –15 yoshdan balog‘atga etguncha – bu “gurkirash va ehtiroslar” davri, bu davrda bolada hissiyotlar sohasi shakllanadi. Bu bosqichda pedagogning asosiy vazifasi – bolalarda ezgu hissiyot va fikrlashni shuningdek irodaviy harakatga qobiliyatni shakllantirishdan iborat bo‘lishi kerak.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling