Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


Download 1.38 Mb.
bet62/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

Fromm Erix (1900 – 1980); nemis va amerika psixologi. E. Fromm ijtimoiy xarakter muammosini o‘rganib ijtimoiy xarakterning bir necha tiplari mavjudligi haqidagi xulosaga kelgan: 1) jamg‘aruvchi; 2) ezuvchi; 3) passiv; 4) bozor; 5) nekrofil (60-yillarda tasvirlangan). E. Fromm u yoki bu ijtimoiy xarakter tipi shakllanishining asosida odamning o‘z-o‘zidan voz kechish o‘ziga xosligini belgilovchi qo‘rquv yotadi, deb hisoblagan.
1941 yilda E. Fromm “Ozodlikdan qochish” kitobini nashr qildi. U bu kitobida odamning identichlilik (o‘z noyobligini anglash)ga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga intilishi va shu bilan birga jamiyat bilan samarali hamkorlik qilishi ichki ziddiyatlarga sabab bo‘ladi, ularni bartaraf qilish esa nafaqat konkret odam, balki jamiyat taraqqiyotini ham harakatga keltiruvchi kuch hisoblanadi, degan fikrni ilgari surdi. Zamonaviy tsivilizatsiya taraqqiyoti yo‘nalishini tahlil qilib E. Fromm shunday xulosaga keldiki, yolg‘izlik – bu odam mavjudligining ajralmas belgisidir. Inson mavjudligining asosiy ziddiyati odamning ozodlikka (mustaqillikka) intilishi va shu bilan birga boshqa odamlar hamda jamiyat bilan aloqalarga ehtiyojni his qilishidir. Ko‘plab odamlar uchun bu ziddiyatni bartaraf qilish og‘ir yuk bo‘lgan ozodlikdan voz kechish hisoblanadi. Ozodlikdan voz kechishning bunday ko‘rinishi yoki boshqalarning irodasiga bo‘ysunish, yoki boshqalarni o‘z irodasiga bo‘ysundirishda namoyon bo‘ladi. Ozodlikdan qochishning raqobat shakli E. Frommning fikricha, odam ixtiyorsiz faollik namoyon qilib ijobiy ozodlikka erishadigan muhabbat va mehnat hisoblanadi.

O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Z. Freyd shaxs qurilmasida qaysi komponentlarni ajratdi?
2. Z. Freyd tomonidan taraqqiyotning qanday bosqichlari tasvirlangan?
3. Z. Freydning fikricha inson hayotida ego himoya mexanizmlari qanday rol o‘ynaydi?
4. Z. Freydning psixologiya fani taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini ta’riflang.
5. Sizningcha psixoanalizni reviziya qilishning sabablari nimada?
6. O. Rank tomonidan shaxsning qanday tiplari ajratilgan?
7. G. S. Sallivan taklif qilgan taraqqiyot davrlarini ta’riflang.
8. A. Freyd kasbiy faoliyatining tarixiy ahamiyati nimada?
9. V. Rayxning asosiy psixologik g‘oyalari?
10. E. Fromm inson mavjudligining asosiy ziddiyatlari nimada, deb bilgan?
11. Zamonaviy psixologiyaning rivojlanishida neofreydizmning ahamiyati nimada?


Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling