Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


Psixoanalizni taftish qilish. Neofreydizm


Download 1.38 Mb.
bet59/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

Psixoanalizni taftish qilish. Neofreydizm
Psixoanalitik nazariya ko‘plab iqtidorli psixologlarni o‘z atrofida birlashtirgan kuchga aylandi ular orasida: A. Adler, K. Abraxam, D. Vinnikot, E. Djons, Sh. Rado, V. Rayx, O. Rank, G. Saks, P. Federn, Sh. Ferentsi, A. Freyd, E. Fromm, K. G. Yung va ko‘plab boshqa olimlarni ko‘rsatish mumkin. Psixoanaliz odamlar ongida to‘ntarish yasab, yangi ilmiy nazariya va kontseptsiyalarning rivojlanishi uchun kuchli turtki berdi. Psixoanalizni taftish qilish Z. Freyd hayotlik vaqtidayoq uning safdoshlari tomonidan boshlanib dastavval psixoanalitik modelni butunlay qayta o‘zgartirishni maqsad qilmagan. Biroq, oxir oqibat taftish oqibatida Z. Freyd ta’limotining ko‘plab asoslovchi, ustun qoidalari qayta ko‘rib chiqildi va o‘zgartirildi.
Rank Otto (1884 – 1939), avstriya va amerika psixologi, psixoterapevt. Vena universitetida ta’lim olgan. “Xalqaro psixoanaliz jurnali”ning muharriri bo‘lgan. 1924 yilda O. Rank Sh. Ferentsi bilan hamkorlikda nashr qilgan “Psixoanalizning taraqqiyoti” nomli kitobida psixoanalizning klassik texnikasini taftish qilish g‘oyalarini bayon qildi. Patsientga terapevtik ta’sir ko‘rsatish muddatini analizni yakunlash kunini ko‘rsatib qisqartirish taklif qilindi. Keyingi yillar davomida O. Rank Z. Freyd g‘oyalaridan uzoqlashdi. 1929 e’lon qilingan “Tug‘ilish jarohati” nomli monografiyasida u inson taraqqiyotining mohiyatiga o‘zining asosiy qarashlarini bayon qildi. O. Rankning fikricha, odamning rivojlanish yo‘nalishini uning onadan ajralishida namoyon bo‘ladigan tug‘ilish jarohati (“tug‘ilish dahshati”) belgilaydi.
O. Rank bola tug‘ilib, o‘zini boshqa odamlardan ajratadi, shu vaqtda unda o‘zining ota-ona taz’yiqiga qarshi tura olish qobiliyatlarini anglashi natijasi sifatida qarshi iroda shakllanadi, deb taxmin qilgan. Qarshi iroda bolaning ota-ona bilan birdamligini vayron qilishi mumkin, buning natijasida aybdorlik hissi paydo bo‘ladi. Agar bola bilan ota-onaning birdamligi vayron bo‘lmasa qarshi iroda irodaga aylanadi.
O. Rankning fikricha, odam o‘z umri davomida ikkita asosiy qo‘rquvni bartaraf qilishga intiladi: 1) hayot qo‘rquvi va 2) o‘lim qo‘rquvi. Hayot qo‘rquvi beto‘xtov individuallashishda namoyon bo‘ladi, o‘lim qo‘rquvi esa birlashishga intilish va tobelikda namoyon bo‘ladi. O. Rank bu qo‘rquvlarni bartaraf qilish usuli iroda, deb hisoblagan.
O. Rank shaxs tipologiyasini taqdim qildi, uning doirasida quyidagi tiplarni ajratdi: 1) badiiy tip; 2) nevrotik tip; 3) o‘rta odam tipi. Shaxsning badiiy tipi vakillarida kuchli iroda mavjud va hayot va o‘lim qo‘rquvlari samarali minimallashtirilgan. Nevrotik tip vakillarida qarshi iroda rivojlangan va hayot qo‘rquvi ustunlik qiladi. O‘rta odam tipi vakillarida konformizmda namoyon bo‘ladigan o‘lim qo‘rquvi ustunlik qiladi.
O. Rank terapevtik usul sifatida, tug‘ilish jarohatini bartaraf qilishga yo‘naltirilgan, o‘zi ishlab chiqqan psixoterapiyadan foydalanishni taklif qildi. “Tug‘ilish jarohati” monografiyasi e’lon qilingandan keyin O. Rank kuchli tanqidga uchradi, ko‘p o‘tmay u Vena psixoanalitik jamiyatini tashlab, 1935 yili AQSh ga ko‘chib o‘tdi.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling