Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi
Download 1.38 Mb.
|
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022
IChKI YOPIQLIK
Barcha yuqorida aytilganlardan shunday tabiiy xulosa qilish mumkinki, olam “U” va “Men” ning “Yuqori-Men” bilan ziddiyati hisobiga rivojlanadi. (Bu haqiqatdan ham shunday). Lekin unda shunday narsani ta’kidlashga to‘g‘ri keladiki, dunyoda birorta ham sog‘lom odam yo‘q, chunki har bir individning o‘z ziddiyatlari bor va madaniyatning bundan keyingi taraqqiyoti ijtimoiy portlashga olib keladi, chunki ichki mazmun yoki “U” tashqi qobiqni buzib tashlaydi. Bu to‘g‘ri, lekin gap shundaki, insonda har doim ichki psixik omilning engillashib turishi, bo‘shashib turishi, tarangligining pasayishi, sarflanishi amalga oshadi. Ichki psixik energiyani bunday sarflash ikki xil yo‘l bilan amalga oshadi. Birinchisi normal jinsiy muloqat orqali, bunday muloqat instinktlarning yuzaga chiqishiga imkon beradi (lekin shuni e’tiborga olish kerakki, jamiyat jinsiy muloqat normasini cheklab qo‘ygan va bunday tor yo‘lak orqali psixoseksual energiyaning ozgina miqdori sarf bo‘lishi mumkin). Birinchi omilni to‘ldiradigan ikkinchi omil quyidagilardan iborat: Dialektikaning ikkinchi qonuniga ko‘ra qondirilmagan seksual energiya boshqa sifat ko‘rinishiga o‘tadi. Xususan ijtimoiy energiyaga aylanadi, ya’ni odam ijtimoiy faol bo‘lib qoladi. Agar ichki psixik energiya sarf bo‘lishining har ikkala kanali ochiq bo‘lsa, individ normal holatda bo‘ladi. Agar birinchi kanal ishlamasa butun energiya ijtimoiy sohaga o‘tadi, sublimatsiya qilinadi. Agar ikkinchi kanal ishlamasa unda ongsizlik sohasiga siqib chiqarilgan instinktlar psixik portlash yoki nevrozlarga olib keladi. Bunday holat har xil shaklda namoyon bo‘lishi mumkin: fontom kasalliklardan psixik buzilishlargacha ya’ni: ta’qib qilish maniyasi, paranoya va boshqalar. Ko‘p holatlarda psixikani nazorat qilishning yo‘qolishi o‘nglab bo‘lmaydigan oqibatlarga olib keladi. Psixoanaliz shunday holatlarning oldini olishga yoram beradi. Tabiiyki, biz psixika faoliyatining eng sodda sxemasini tasvirladik. Inson organizmi, xususan uning psixikasi avtonom, o‘z-o‘zini boshqaruvchi sistema hisoblanadi. Shuning uchun ham psixika buzilishining bosh omili ongsizlik va ong o‘rtasidagi ziddiyat emas, balki “Yuqori-Men” ning ta’siri hisoblanadi. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling