Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi
Download 1.38 Mb.
|
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
Perlz Frits (1893 – 1970), nemis va amerika psixologi, guruhiy geshtalterapiyaning asoschisi. 1946 yilda F. Perlz AQSh ga ko‘chib o‘tadi va 1956 yilda Nyu -york geshtaltterapiya institutini tashkil qiladi.
F. Perlz ahamiyatli xodisalar odam miyasida markaziy o‘rinni egallab, geshtalt, ya’ni figura xosil qiladi, ikkinchi darajali ma’lumotlar esa orqa planga surilib fonni tashkil qiladi. Geshtalt (figura) F. Perlz tomonidan ayni shu paytda ustun ehtiyoj bo‘lib turgan xohish yoki fikr, deb tushunilgan. Ehtiyojni qondirilish darajasiga qarab geshtaltning tugallanishi amalga oshadi va u o‘z o‘rnini yangi geshtaltga bo‘shatadi. Geshtaltlarning paydo bo‘lishi va tugallanishi jarayoni organizm hayot faoliyati asosini tashkil qiladi va unga o‘zi bilan muhit o‘rtasida maqsadga muvofiq muvozanatga erishishga imkon beradi. Ba’zan ehtiyojni qondirish mumkin bo‘lmaydi, shuning uchun geshtalt tugallanmay qoladi va o‘z o‘rnini yangi geshtaltga bo‘shatmaydi. Tugallanmagan geshtalt ko‘plab psixologik muammolarning sababi bo‘lib, ular ma’lum vaqtdan keyin kundalik psixik jarayonlarga ta’sir qila boshlaydi. F. Perlz nevrozlar sub’ektning tugallanmagan geshtaltlar joylashadigan “fantaziya zonasi”da tutilib qolishining oqibati deb hisoblab, geshtaltterapevtning vazifasi patsientga haqiqiy vaziyatni anglashga yordam berishdan iborat, deb hisoblagan. O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar: 1. V. Vundtning asosiy g‘oyalarini ta’riflang. 2. V. Vundtning psixologiya fani taraqqiyotidagi roli qanday? 3. G. Ebbingauz qaysi eksperimental tadqiqotlar tufayli tanildi? 4. O. Kyulpe va uning shogirdlari tomonidan qanday eksperimental tadqiqotlar amalga oshirilgan? 5. F. Galtonning psixologiya fani taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi nimada? 6. A. Binening psixologiya taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini ta’riflang. 7. S. Xollning rekapitulyatsiya nazariyasining mohiyati nimadan iborat? 8. D. Uotsonning psixologik bilimlar taraqqiyotiga qo‘shgan hissasiga ta’rif bering. 9. E. Torndayk tomonidan o‘rganishning qanday qonunlari shakllantirilgan? 10. Operant xulq deganda, B. Skinner nimani nazarda tutgan? 11. Psixologiyaning rivojlanishida bixeviorizmning tarixiy ahamiyati? 12. E. Max va K. Erenfelslarning qaysi g‘oyalarini geshtaltpsixologiya ilmiy maktabining paydo bo‘lishiga asos bo‘lgan, deb hisoblash mumkin? 13. M. Vertgeymer fi-fenomenni o‘rganib qanday xulosa chiqargan? 14. V. Keler insayt xodisasini qanday talqin qilgan? 15. K. Levinning psixologiya fani taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling