Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


Download 1.38 Mb.
bet48/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

Torndayk Edvard (1874 – 1949), amerikalik psixolog. E. Torndayk hayvonlar ustida o‘tkazgan eksperimental tadqiqotlarida o‘zi yasagan turlicha murakkablik darajasiga ega bo‘lgan qurilma, muammoli qutilardan foydalandi. Muammoli qutiga hayvon (mushuk, it)ni joylashtirib E. Torndayk ularning qutidan chiqib olish va reaktsiyani mustahkamlovchi mukofotni olish bilan bog‘liq harakat reaktsiyalarini kuzatgan. Hayvon alohida mexanizmni harakatga keltiribgina qutidan chiqib ovqat olishi mumkin bo‘lgan. Olingan empirik ma’lumotlar (vaqt, qayta urinib ko‘rishlar) grafikda egri chiziq ko‘rinishida qat’iy qayd etib borilgan.
E. Torndayk shu narsani aniqladiki, tutqunlikdan qutulishda tasodifan muvaffaqiyatga erishgan hayvon tajriba qayta o‘tkazilganda ozodlikka olib bormaydigan harakatlar sonini kamaytirgan, boshqacha aytganda keyingi har bir qayta urinishda xatolar soni kamayib borgan. Urinish bir necha marta qaytarilgan sari hayvon tezroq ozodlikka erisha boshlagan. Tajribalar natijasida urinib ko‘rish, xato qilish va tasodifiy muvaffaqiyat printsipi ishlab chiqildi, unga ko‘ra hayvon butun umri davomida xulqning yangi shakllarini o‘zlashtirishi mumkin.
E. Torndayk tomonidan o‘rganishning bir necha qonunlari shakllantirilgan: 1) mashq qonuni, ya’ni vaziyat bilan unga nisbatan reaktsiya o‘rtasidagi aloqaning mustahkamligi mashqning takrorlanish soniga bog‘liq; 2) samara qonuni, ya’ni agar aloqaning o‘rnatilish jarayoni lazzatlanish bilan bog‘liq bo‘lsa aloqaning mustahkamligi ortadi; 3) tayyorlik qonuni, ya’ni aloqaning o‘rnatilish tezligi sub’ekt narv sistemasining xususiyatlariga bog‘liq.
Skinner Berres Frederik (1904 – 1990), amerikalik psixolog. Garvard universitetida hayvonlar xulqini o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanib B. Skinner keyinchalik “Skinner qutisi” deb atalgan eksperimental quti kashf qildi. Qutiga tushgan hayvonlar richagni bosib emakxonani ochib, ijobiy mustahkamlovchi ovqatni olishgan. Richag harakatni qayd etishni amalga oshiruvchi yozuv mexanizmi bilan ulangan.
B. Skinner xulqning ikkita tipi: respondent va operant xulq mavjud, deb hisoblagan. Respondent xulq deganda qandaydir stimulning ta’siriga javob tariqasida paydo bo‘ladigan reaktsiya tushuniladi. Operant xulq deganda, avval javob reaktsiyasi amalga oshirilib, keyin mustahkamlanadigan xulq shakli tushuniladi. B. Skinner bir necha turlarini o‘z ichiga oladigan operant xulq tipologiyasini taklif qildi: 1) instrumental shartlangan, 2) urinib ko‘rish va xato qilish yordamida o‘rganiladigan, 3) verbal shartlangan, 4) tushunchalarning shakllanishi.
B. Skinner tomonidan “operant shartlashish” texnikasi ishlab chiqildi, uning yordamida bosqichma bosqich mustahkamlab borish hisobiga xulq korrektsiyasiga erishilgan. Operant shartlashish AQSh da aqliy taraqqiyotda orqada qolgan bolalarni tarbiyalashning samarali usuli sifatida keng tarqaldi. 1957 yilda B. Skinnerning “Verbal xulq” nomli monografiyasi nashr qilindi. Bu monografiyada nutqning rivojlanishini operant xulq shakllanishi misolida ko‘rib chiqish mumkin: bola kattalardan ijobiy yoki salbiy mustahkamlovchi omil olib so‘zlarni talaffuz qiladi.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling