Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar


Download 1.38 Mb.
bet44/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. P. Brokaning tadqiqotlari psixologiya uchun qanday ahamiyatga ega?
2. G. Gelmgolts ko‘rish idrokini tekshirishni qanday amalga oshirgan?
3. G. Fexner va E. Veberning asosiy g‘oyalariga ta’rif bering.
4. Charlz Darvinning psixologiya fani taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi nimada?
5. Markaziy nerv sistemasining asosiy funktsiyalari nimalardan iborat?
6. Periferik nerv sistemasining asosiy funktsiyalari nimalardan iborat?
7. Vegetativ nerv sistemasining asosiy funktsiyalari nimalardan iborat?
8. Katta miya yarim sharlari po‘stlog‘ining psixik faoliyatdagi axamiyati nimada?
9. Miya stvolining asosiy bo‘limlarini ta’riflang?
10. Talamus, gipotalamus va miyachaning funktsiyalarini ta’riflang?

7 MAVZU. EKSPERIMENTAL PSIXOLOGIYANING RIVOJLANIShI VA UNING TADBIQIY SOHALARI
XIX asrning 70-yillarida fanda eksperimental psixologiyaning paydo bo‘lishi va psixologiyaning mustaqil fan sifatida ajralib chiqishi uchun etarlicha jiddiy bilimlar hajmi jamg‘arildi. Eksperimental psixologiyaning paydo bo‘lishini an’anaviy tarzda V. Vundt faoliyati bilan bog‘lanadi. Qator davlatlarda turli olimlar tomonidan eksperimental psixologik laboratoriya va kabinetlar u tomonidan birinchi marta ochilgan laboratoriya shaklida tashkil qilindi.
Vundt Vilgelm (1832 – 1920), nemis olimi, eksperimental psixologiyaning asoschisi. Tyubingen universitetining tibbiyot fakultetini tamomlagan. 1863 yili V. Vundt nashr qilgan “Odam va hayvonlar ruhi haqida ma’ruzalar” kitobda eksperimental psixologiyani tashkil qilish haqidagi g‘oya ilgari suriladi, 1879 yilda esa u Leyptsigda dunyoda birinchi psixologik laboratoriyani tashkil qiladi. 1881 yili psixologik laboratoriya psixologik ta’lim beradigan o‘quv markazi, eksperimental psixologiya institutiga aylantiriladi. Eksperimental psixologiya institutida S. Xoll, X. Myunsterberg, E. Titchener, O. Kyulpe, V. M. Bexterev, N. N. Lange va boshqa ko‘plab taniqli olimlar ta’lim olishdi yoki stajirovkadan o‘tishdi.
V. Vundtning fikricha psixologiya bevosita ong tajribasi haqidagi fan hisoblanadi. V. Vundt tomonidan psixologiya hal qilishi kerak bo‘lgan qator vazifalar shakllantirilgan. Birinchidan, analiz yordamida birlamchi elementlarni ajratish; ikkinchidan, birlamchi elementlar o‘rtasidagi aloqalar mohiyatini aniqlash; uchinchidan, bu aloqalar asosida yotadigan qonunlarni aniqlash. Ongning birlamchi elementlarini tadqiq qilish metodi sifatida V. Vundt introspektsiya (o‘z-o‘zini kuzatish metodi)ni taklif qildi. Uning fikricha o‘z-o‘zini kuzatish jarayonida tekshiriluvchi tashqi qo‘zg‘ovchilar ta’siriga chalg‘imasligi va tajriba jarayoniga diqqatini jamlay olishi zarur. Tajriba jarayonida V. Vundt tajribaning borishi haqida tekshiriluvchi bilan bir vaqtda ma’lumot olib borgan.
V. Vundt ong qurilmasida borliqning absolyut kuchi sifatida iroda eng muhim rolni o‘ynaydi. Ilmiy jamoada V. Vundt va uning hamkasblari tomonidan idrok muammosiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tajribalar katta qiziqish uyg‘otdi. Bu tajribalar davomida rangni idrok qilish effektlari, binokulyar va monokulyar ko‘rish o‘rganildi, ko‘rish adaptatsiyasi va ranglar kontrasti mohiyati, sezgilar davomiyligi aniqlandi.
V. Vundtning volyuntaristik qarashlari va introspektsiya metodini faol qo‘llashi psixologlar tomonidan ommaviy tanqidiy hujumlarga sabab bo‘ldi. Tanqidiy tanbexlar taz’yiqi ostida V. Vundt eksperimentni tashlab madaniy tarixiy fenomenlarni o‘rganish bilan shug‘ullandi, bu tadqiqotlar natijasida u 1900 – 1920 yillar davomida o‘n tomlik “Xalqlar psixologiyasi” nomli asarini nashr qildi.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling