Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


Psixologiyaning tabiiy-ilmiy asoslarining axamiyati


Download 1.38 Mb.
bet41/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

Psixologiyaning tabiiy-ilmiy asoslarining axamiyati
Psixologiya fanining tabiiy-ilmiy asoslari fanning aloxida soxasi – oliy nerv faoliyati (ONF) fiziologiyasi tomonidan o‘rganiladi, fan o‘z oldiga quyidagi maqsadlarni qo‘ygan:

  • – faoliyati odam xulqi va psixik jarayonlari bilan bog‘liq nerv qurilmalari va markazlarini o‘rganish;

  • – psixik bilish faoliyati (idrok, xotira, tafakkur, emotsiya, iroda) va xulqning fiziologik mexanizimlarini aniqlash;

  • – shartli reflekslar xaqidagi ta’limotni o‘rganishni davom ettirish;

  • – odam va xayvonlarda instinktlar va shartsiz reflekslarni o‘rganish.

Umuman olganda tabiiy-ilmiy asoslar yordamida psixologiya quyidagi xodisalarni to‘g‘ri tushunish va izoxlash imkoniyatiga ega bo‘ladi:



  • 1. Psixologiyaning boshqa tabiiy-ilmiy fanlar bilan o‘zaro aloqasi xaqidagi bilimlar. Psixologiya nafaqat oliy nerv faoliyati fiziologiyasiga (ONFF), shuningdek, boshqa tabiiy-ilmiy fanlar, masalan, biologik va tibbiy fanlarga ham tayanadi, chunki bu fanlar psixikani yaxshiroq tushunishga yordam berishadi.

  • 2. Odam nerv sistemasining tuzilishi va ishlash o‘ziga xosligi xaqidagi tasavvurlar. Nerv sistemasi odam psixikasining fiziologik tashuvchisi hisoblanadi. Nerv sistemasining tuzilishi va ishlash o‘ziga xosligini aniq tushunmay turib, odam xulqi va psixik faoliyatini to‘g‘ri o‘rganishning imkoni yo‘q.

  • 3. Odam nerv sistemasi av psixikasining o‘zaro aloqadorligi xaqidagi tasavvurlar. Bunday tasavvurlar P. K. Anoxinning funktsional tizimlar xaqidagi nazariyasiga asoslanib, unga muvofiq, faoliyatning fiziologik va psixik turlari bir butunni tashkil qiladi, unda aloxida mexanizmlar foydali, moslashuvchi natijaga erishishga yo‘nalgan bo‘lib, umumiy maqsad va vazifa bilan birlashgan, birgalikda harakat qiluvchi murakkab qurilmani tashkil qiladi (shuning uchun ham xozir nafaqat psixik faoliyatni, shuningdek, nerv tizimining o‘zini ham yanada aniqroq va to‘laroq o‘rganish uchun hamma asoslar bor).

  • 4. Odam ONF qonuniyatlarini bilish va hisobga olish. ONF qonuniyatlari murakkab psixik xodisalar hisoblangan dinamik stereotiplar, birinchi va ikkinchi signallar tizimi, psixikaning funktsional tizimlari va aktseptor harakatlarning ishlash o‘ziga xosliklarini to‘g‘ri tushunish imkonini beradi.

  • 5. Bosh miya reflekslarining mohiyati xaqidagi xaqiqiy tasavvurlar. Bosh miya reflekslari odam va xayvon organizmining tashqi muhitga moslashishining asosiy mexanizmlari bo‘lib, ularga quyidagi xususiyatlar xos:

    • – ular har doim u yoki bu retseptorda qandaydir qo‘zg‘ovchi tomonidan chaqirilgan nerv qo‘zg‘olishi tufayli boshlanadi;

    • – ular har doim organizmning tegishli qo‘zg‘ovchiga aniq reaktsiyasi bilan yakunlanadi.

Psixologiyaning tabiiy-ilmiy asoslari odam, uning bosh miyasining fiziologiyasini, ONFni tasvirlaydi. Odam psixikasini tushunish uchun ONF, bosh miya fiziologiyasi, nerv sistemasi bilan bog‘liq qator asosiy qoidalarni tushunish kerak.
Psixologiya va fiziologiya bir joyda qotib qolgani yo‘q, bu fanlar doimiy (shu jumladan birgalikda) rivojlanayapti, ayni paytda bu fanlar quyida bayon qilingan muammolarni faol tadqiq qilishayapti.

  • 1. Psixik jarayonlarning nerv mexanizmlarini aniqlash. Shakllangan tasavvurlarga ko‘ra shunday fikrlar mavjud:

    • – psixika fiziologiya bilan bir xil, psixika miyaning fiziologik faoliyatidan boshqa narsa emas; biroq, psixika har qanday fiziologik faoliyat bilan emas, faqat oliqy nerv faoliyati bilan bir xil;

    • – psixika – bu, nerv jarayonlarining aloxida turi, oliy shakli bo‘lib, qolgan barcha nerv faoliyati jarayonlariga xos bo‘lmagan xususiyatga ega;

    • – psixika – bu, shunday o‘ziga xos (psixonerv) jarayon bo‘lib, u ob’ektiv reallikni aks ettirish bilan bog‘liq va bu jarayon sub’ektiv bo‘lak (komponent) – ichki obrazlar va ularning kechinmalari mavjudligi bilan ajralib turadi.

  • 2. Psixologiyada fiziologik metodlardan va ONF fiziologiyasida psixofiziologik metodlardan foydalanish. Har ikkala fan vakillari bu usulni samarali va kelajagi porloq, deb hisoblashadi, chunki u psixik va fiziologik jarayonlarni yangi usul va vositalar bilan o‘rganish imkonini beradi. Masalan, entsefalografik diagnostika metodini qo‘llash ko‘plab psixik jarayonlar: tafakkur, xotira va x.z. larning o‘ziga xos xususiyatlarini yanada aniqroq aniqlash imkonini beradi.

  • 3. ONF fiziologiyasida izoxlovchi sxemalar va gipotezalar qurishda psixologiyadan foydalanish yoki aksincha. Har ikkala soxa olimlari ushbu yo‘nalishni psixologlar va fiziologlar o‘zaro hamkorligi uchun o‘ta sermaxsul va muhim, deb hisoblashadi, chunki bu usul har ikkala soxada ham reallikni umumlashtirish va mushoxada qilish uchun yangi yo‘llarni ochib beradi.

  • 4. Nazariy va amaliy muammolarni hal qilishda birgalikda ishtirok etish. Psixologlar va fiziologlar o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatining ushbu yo‘nalishi ular tomonidan odam faoliyatining turli soxalarini yanada samarali mushoxada qilishning zarur sharti sifatida qaraladi, chunki, masalan, mehnat faolligi, ta’lim va tarbiya ham psixologik va ham fiziologik asosga ega, buni albatta hisobga olish zarur.

Psixologiyaning tabiiy-ilmiy asoslari psixika bilan odam bosh miyasi (nerv sistemasi) faoliyatining o‘zaro aloqadorligini izoxlab beradi.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling