Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


Download 1.38 Mb.
bet42/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

Nerv sistemasi – odam va umurtqali xayvonlar organizmidagi nerv xosilalari (nerv xo‘jayralari) to‘plamidan iborat. Uning faoliyati, bir tomondan organizmning hamma organlarini integratsiyalash, birlashtirishga yo‘naltirilsa, ikkinchi tomondan – organizmning atrof muhit bilan aloqasiga, organizmning tashqi sharoit bilan muvozanatlashishiga yo‘naltirilgan.
Nerv sistemasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • – tashqi olam bilan aloqalarni ta’minlash;

  • – tizimdagi ichki organlarni integratsiyalash;

  • – ichki organlar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish;

  • – organizmning yaxlit ishlashini tashkillash.

Nerv xo‘jayralari (neyronlar) ma’lum bir tuzilishga ega: neyron, o‘simta va uning tugallangan qismi. Bu elementlar mos ravishda quyidagi vazifalarni bajaradi: qo‘zg‘olishni qabul qilish, integrativ (kelayotgan nerv signallarini qayta ishlash), o‘tkazuvchi, uzatuvchi.
Odam (shuningdek, umurtqali xayvonlar) nerv sistemasi markaziy va periferik qismlarga bo‘linadi. Vegetativ va tana nerv sistemalari markaziy va periferik qismlar bilan yaqindan o‘zaro faoliyat ko‘rsatadi.
Markaziy nervn sistemasi (bosh miya va orqa miya) – bosh miya po‘stlog‘i, miya stvolidagi harakat markazlari, miyacha va orqa miyadagi nerv to‘qimalari to‘plami. Uning vazifasi – butun psixik faoliyatni muvofiqlashtirish va boshqarishdan iborat.
Periferik nerv sistemasi – nerv tolalari (nervlar), nerv tugunlari va birikmalari, sezuvchi asab tugunlari, retseptorlar va muskullarni orqa va bosh miya bilan bog‘laydi. Bevosita bosh miyadan o‘n ikki juft nervlar chiqadi (ko‘zni harakatlantiruvchi, yuz, eshitish, ko‘rish va x.z.) va miya-bosh suyagi nervlari, deb ataladi. Har bir periferik nerv tarkibiga nerv xo‘jayrasining o‘simtasidan tashkil topgan nerv tolalari kiradi va ular periferiyadan, qabul qiluvchi sezuvchi qurilmalar (retseptorlar)dan markaziy nerv sistemasiga impulslarni uzatadi. Bular sezuvchi nerv tolalari hisoblanadi. Harakat nerv tolalaridan markaziy nerv sistemasidan hamma organlar va to‘qimalarga yo‘nalgan impulslar tarqaladi. Bular harakat nerv tolalari hisoblanadi. Periferik nerv sistemasining vazifasi tashqi muhit qo‘zg‘ovchilarini markaziy nerv sistemasiga uzatish va javob buyruqlarini periferiyaga etkazish hisoblanadi.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling