Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


- MAVZU. PSIXOLOGIYANING MUSTAQIL FAN SIFATIDA ShAKLLANISHINING TABIIY ILMIY ASOSLARI


Download 1.38 Mb.
bet39/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

6- MAVZU. PSIXOLOGIYANING MUSTAQIL FAN SIFATIDA ShAKLLANISHINING TABIIY ILMIY ASOSLARI
XIX asrda evropa ilmiy fikri psixologiyaning ilmiy bilimlarning mustaqil sohasi sifatida shakllanishi jarayoniga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan g‘oyalarni namoyon qila boshladi. Fizika, kimyo, meditsina, biologiya kabi ilmiy bilimlar sohalarining muvaffaqiyatli rivojlanishi psixologiyaning tabiiy-ilmiy asosi sifatida samarali rivojlanishiga turtki berdi.
Broka Pol (1824 – 1880), frantsuz vrachi, antropologi va anatomi. 1850 yilda Pol Broka qadimiy parij qabristonida skeletlar qoldiqlarini o‘rganish bilan o‘z tadqiqotchilik faoliyatini boshlaydi. 1859 yili Pol Broka Parijda antropologik jamiyat tashkil qiladi. 1876 yilda Pol Broka Oliy antropologiya maktabi tashkil qilishning tashabbuskori bo‘ldi.
Pol Broka afaziyalarni tadqiq qilishni boshlab bergan olim sanaladi. Nutq qobiliyatini yo‘qotgan bemorlar bosh miyasini tekshirish jarayonida Pol Broka zararlanish chap yarim sharning uchinchi peshona ariqchasida ekanligini aniqladi. Miyaning nutqning motor markazi hisoblangan, so‘zlarning to‘g‘ri tartibi va ularning o‘zaro mosligini ta’minlaydigan bu maydoni “Broka maydoni” nomini oldi.
Fexner Gustav (1801 – 1887), nemis fizigi, faylasufi, psixofizikaning asoschisi. Panpsixizm vakili sifatida u Koinot ruhga ega va u ruhiy substantsiyaning teskari tomonidir, deb hisoblagan. Gustav Fexner yangi fan –psixofizikaning tashkilotchisi bo‘lib, uning predmeti sifatida psixik va fizik olamning o‘zaro munosabatini taklif qilgan. Gustav Fexnerning 1860 yili nashr qilingan “Psixofizika elementlari” kitobi psixofizikaning manifesti hisoblanadi. Kitob nashr qilingunga qadar Gustav Fexner o‘n yil davomida zo‘rg‘a payqaladigan farqlar metodi yordamida eksperimental tadqiqotlar olib bordi. Tadqiqotlar davomida u “sezgi intensivligi qo‘zg‘ovchining kuchiga to‘g‘ri proportsional” nomli asosiy psixofizik qonunni shakllantirdi. Keyinchalik bu qonun Veber – Fexner qonuni deb ataldi. Bu qonun universal bo‘lmay, faqatgina eshitish va ko‘rish sezgilarigagina taalluqli bo‘lishiga qaramay u psixologiya fani taraqqiyotida o‘ziga xos yangi davrni boshlab berdi.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling