Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


Download 1.38 Mb.
bet36/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

Leybnits Gotfrid (1646 – 1716), nemis filosofi, matematigi, davlat arbobi. Asosiy falsafiy asarlari: “Metafizika haqida mulohaza” (1685), “Tabiatning yangi tizimi” (1695), “Odam aqli haqida yangi tajribalar” (1704), “Teoditseya” (1710), “ Monadologiya” (1714).
Gotfrid Leybnits fan tarixiga quyidagi muhim metodologik printsiplarning muallifi sifatida kirgan: 1) farqlanmaydigan buyumlarning o‘xshashligi va 2) umumiy farqlar. Farqlanmaydigan buyumlarning o‘xshashligi printsipi shuni anglatadiki, agar ikkita buyum aslida bitta narsaning o‘zi bo‘lsa ularni farqlash kerak emas, yoki aksincha, o‘z sifatlari bo‘yicha turlicha bo‘lgan buyumlarni o‘xshatish kerak emas. Umumiy farqlar printsipidan shunday xulosa kelib chiqadiki, butunlay bir-biriga o‘xshash buyumlar va turli vaqtda absolyut o‘xshash holatlar bo‘lmaydi.
G. Leybnits tomonidan borliqning quyidagi “aprior” printsiplari ajratilgan: 1) ehtimol bo‘lgan har qanday borliqning qarama qarshi emasligi (qarama qarshilik qonuni); 2) ehtimollikning haqiqiylik (mavjudlik) oldida mantiqiy ustunligi; 3) qarama-qarshi bo‘lmagan olamlarning cheksiz ko‘p bo‘lishi ehtimoli; 4) ehtimol bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqasi emas aynan shu olamning mavjudligi, ehtimol bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqasi emas aynan shu xodisaning sodir bo‘layotganligining etarlicha asoslanganligi (etarlicha asoslanganlik qonuni); 5) shu olamning maqsadga muvofiqligi (to‘la to‘kisligi) uning mavjudligining etarlicha asosi ekanligi.
G. Leybnitsning fikricha odamning ruhi taxlangan materialdan yasalgan ekranga o‘xshaydi, u o‘zida tashqi ob’ektlar ta’sirida uyg‘onadigan tushuncha va nazariyalarning asosini jamlagan. G. Leybnits o‘zining nazariy qurilmalarida pertseptsiya va appertseptsiya tushunchalaridan foydalangan. G. Lebnitsda pertseptsiya atrof olamni passiv aks ettirish bo‘lsa, appertseptsiya atrof olamni aktiv, faol aks ettirishni anglatadi. Odam ruhida doimiy “kichik pertseptsiyalar”, anglanmagan idroklar sodir bo‘lib turadi.
G. Leybnits Koinot uning o‘zi “monadalar” deb atagan borliqning bo‘linmaydigan birlamchi elementlaridan tashkil topgan, deb hisoblagan. Uning fikricha, ruh va vujud o‘z qonunlari bo‘yicha mustaqil harakat qilishadi, ular o‘rtasidagi uyg‘unlik esa Xudo tomonidan oldindan belgilab qo‘yilgan. G. Leybnitsning ruh va vujud munosabati haqidagi pozitsiyasi psixofizik parallelizm nomi bilan ataladi.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling