Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


Download 1.38 Mb.
bet38/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

Yum Devid (1711 – 1776), ingliz filosofi, tarixchi va iqtisodchi. 1748 yilda Devid Yum o‘zining “Inson bilish jarayoni haqida tadqiqot” nomli fundamental asarini nashr qildi. Bu asarida u, o‘z bilish nazariyasining asosiy qoidalarini bayon qildi. Devid Yum assotsiatsiyalar mexanizmi asosida paydo bo‘ladigan hissiy tajriba inson bilimlarining yagona manbai bo‘lib hisoblanadi, degan tezisni ilgari surdi. Hissiy tajriba o‘zining qurilmasiga ega bo‘lib, u g‘oyalar va kechinmalar, sezgilar (birlamchi idrok) va ehtiroslar (ikkilamchi idrok)dan iborat. Devid Yum inson bilish jarayonini tushuntiruvchi mexanizm sifatida assotsiatsiyalar mexanizmini tan olgan. Devid Yum ikki xil assotsiatsiyalar ko‘rinishidagi original assotsiatsiyalar klassifikatsiyasini taklif qilgan: 1) tasodifiy va 2) to‘g‘ri. Tasodifiy yoki noto‘g‘ri assotsiatsiyalar deganda, D. Yum fazo va vaqtda aralashish qonuni bo‘yicha paydo bo‘ladigan assotsiatsiyalarni nazarda tutgan. To‘g‘ri yoki tabiiy assotsiatsiyalar deganda D. Yum o‘xshashlik va sababiylik qonuni bo‘yicha paydo bo‘ladigan assotsiatsiyalarni nazarda tutgan.
Sababiylik muammosini tadqiq qilib Devid Yum shunday xulosaga keladiki, odamning sababiylikning mavjudligi haqidagi e’tiqodlarining asosida assotsiatsiyalar mexanizmi yotadi.
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. A. Avgustin va F. Akvinskiylar ruhni qanday talqin qilishgan?
2. R. Bekona va U. Okkamlarning asosiy psixologik g‘oyalariga harakteristika bering.
3. Leonardo da Vinchining ilmiy bilimlar taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi nimada?
4. F. Bekon tomonidan ob’ektiv reallikni buzadigan idollarning qanday to‘rtta turi tasvirlangan?
5. R. Dekartning asosiy g‘oyalari nimadan iborat?
6. B. Paskalning odam haqidagi tasavvurlari tizimiga ta’rif bering.
7. B. Spinozada atrof borliqni bilishning uch darajasi.
8. G. Leybnitsning asosiy g‘oyalariga ta’rif bering.
9. D. Berklining fazoni ko‘rish idroki nazariyasining asosiy g‘oyalari nimada?
10. D. Gartlining asosiy g‘oyalariga harakteristika bering.
11. D. Yumning fikricha odam hayotida assotsiatsiyalar qanday rol o‘ynaydi?
12. Ingliz assotsianizmining psixologik bilimlar taraqqiyotidagi roliga baho bering.


Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling