Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


Download 1.38 Mb.
bet34/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

Dekart Rene (1596 – 1650), frantsuz faylasufi. R. Dekartning eng taniqli asarlari: “Metod haqida mulohaza...” (1637), “Birinchi falsafa haqida mushoxada...” (1641), “Falsafaning boshlanishi” (1644).
Rene Dekart odam organizmi o‘z ishini “nerv mashinasi” (mexanik sistema)ga o‘xshab amalga oshiradi, deb hisoblagan. Tashqi impulslar nerv naychasi ichida joylashgan nerv iplarining uchiga ta’sir qiladi, ip taranglashadi va miyani nerv bilan bog‘laydigan klapanlarni ochadi, miyadan klapan orqali muskulga havosimon birikma ko‘rinishidagi “hayvoniy ruh” keladi va muskul reaktsiyasini xosil qiladi. Odam o‘z o‘zicha, tafakkur va irodaga ega bo‘lgan vujud bilan ruhning jonsiz mexanizmi aloqasidan iborat. Vujudning ruh bilan o‘zaro hamkorligi yong‘oqsimon bez (gipofiz) yordamida amalga oshadi. Inson ruhining eng muhim qobiliyatlari tafakkur va iroda hisobalandi. Dekartning fikricha ruhning faol va azoblanuvchi holat (ehtiros)lari mavjud. Ehtiroslarning asosiy harakati ruhni vujud hozirlangan narsaga moyil qilishdan iborat. Rene Dekart ruh va vujud turlicha qonunlarga buysunadi, shuning bilan birga ular mustaqil substantsiyalar sifatida o‘zaro bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi, deb hisoblagan. Vujud faoliyatining printsipi refleks bo‘lsa, ruhniki refleksiya hisoblanadi. Ruh bilan vujud bir butun odamda qanday qilib bir vaqtda mavjud bo‘la oladi, degan muammoni hal qilish zaruratiga duch kelib, Rene Dekart “Psixofizik o‘zaro hamkorlik” nomini olgan echimni taklif qildi: vujud ruhga, ruh esa vujudga tobe emas. Rene Dekart o‘ylay olmaydigan jonsiz avtomat bo‘lganliklari uchun ruhga ega emaslar, degan tezisni ilgari surgan.
Paskal Blez (1623 – 1662), frantsuz faylasufi, ekzistentsial psixologiyaning asoschisi, olim, yozuvchi. Vaqtdan o‘zib Blez Paskal “Paskal g‘ildiragi” deb nom olgan birinchi hisob mashinasini, shprits va gidravlik pressni kashf qilgan, barometr konstruktsiyasini takomillashtirgan.
Induktiv metod tarafdori sifatida Blez Paskal fan falsafaga nisbatan mustaqil bo‘lishi kerak, aql esa butunlay faktlarga bo‘sunishi kerak, deb hisoblagan.
Blez Paskal odam haqida o‘ziga xos tasavvurlar tizimini ishlab chiqdi. Odamning mohiyati uning buyukligi va tubanligida ambivalent namoyon bo‘ladi. Odamning buyukligi uning fikrlash, bilish va yaxshilik qilishga qobil bo‘la olishida namoyon bo‘ladi. Odamning tubanligi esa, uning o‘z maishiy mohiyatini anglashida: odam tabiat (koinot)ning uzoq burchagida adashib qolgan “atom”dir. O‘zining maishiy mohiyatini anglash bilan odam ertami kech uning hamma narsani bilish mumkin emasligida namoyon bo‘ladigan bilish tubanligini ham anglaydi. Odamning yana bir tubanligi manmanlik va ikir-chikir tashvishlar bilan bog‘liq bo‘lgan axloqiy tubanlikdir. Blez Paskal tashvishlarga o‘ralashib qolish odamningshuxrat ortidan quvib doimiy o‘ziga oro berishga intilishida namoyon bo‘ladi, manmanlik odamga o‘z kamchiliklaridan qutulishga xalaqit beradi. Shunday qilib, odam o‘z-o‘ziga va boshqalarga nisbatan riyokorlik, lo‘ttibozlik, ikkiyuzlamachilik va munofiqlikdan iborat, odamning hayoti esa doimiy illyuziyadir.
Blez Paskal odamning mavjudligi paradoksal yaxlitlik shaklidir, degan tezisni ilgari surdi. Odamning gedonistik (lazzatlanish) mohiyatiga diqqatni jamlab, Paskal odamning ko‘ngil ochishga intilishi o‘z-o‘zidan qochish usulidir, degan xulosaga keldi. Aysh-ishrat, ko‘ngil ochishsiz inson o‘z-o‘ziga chuqurlashadi, o‘z-o‘zi bilan bo‘lib qoladi va o‘zining tubanligini anglay boshlaydi. Aynan shuning uchun ham, Blez Paskal odamga uni kasalliklar va muqarrar o‘limdan chalg‘itadigan ikir-chikir tashvishlar kerak, deb hisoblagan. Tashvishlarda odamda baxt illyuziyasi paydo bo‘ladi. Baxt illyuziyasiga ega bo‘lishning yana bir mexanizmi xalovatga intilish hisoblanadi. Odamning butun hayoti xalovat va tashvish o‘rtasida kurash bilan o‘tadi. Agar tashvish mag‘lub bo‘lsa halovat chidab bo‘lmas holga aylanadi, odamda pessimistik fikrlar paydo bo‘ladi, zerikish, tubsiz yo‘qlik oldida qo‘rquv paydo bo‘ladi. Agar tashvish halovatdan ustun kelsa odam o‘z-o‘zini yo‘qotadi.
1654 yilda Xudo bilan mistik aloqaga kirishib, Blez Paskal dunyo ishlaridan uzoqlashib o‘zini to‘lasicha yaratganga bag‘ishlashga qaror qildi. Shu vaqtdan boshlab Blez Paskal o‘zining odam haqidagi ta’limotini modernizatsiya qildi va unga quyidagi qoidalarni qo‘shdi: Yaratgan odamga mukammal tabiat ato qilgan edi, odam esa ilk gunohi bilan uni vayron qildi. Aynan ilk gunoh insonni o‘zining tubanligini anglashga etakladi. Inson aqli ilk gunohning sirini bilishga qodir emas. Insonning eng muhim qobiliyati kelajakka, ya’ni narigi dunyodagi hayotga umid qilishida va bu qobiliyat istisnosiz Yaratganga e’tiqod asosiga quriladi.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling